Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Senati 7-noyabr, seshanba kuni Isroilga Falastinning HAMAS tashkilotiga qarshi kurashida Ukrainaga bir vaqtning o‘zida ko‘mak ko‘rsatmasdan yordam berish uchun 14,3 milliard dollar ajratish haqidagi qonun loyihasini blokladi.

Foto: Reuters

Agar Senat qonun loyihasini ma’qullaganida, u AQSH prezidenti Jo Baydenga imzolash uchun taqdim etilgan bo‘lardi, biroq Oq uy Bayden ikki palatada ovoz berishdan o‘tgan taqdirda ham hujjatga veto qo‘yishi va imzolamasligi haqida oldindan ogohlantirgan edi. 

Vakillar palatasi respublikachilari tomonidan 30-oktyabrda ilk bor taqdim etilgan qonun loyihasi palata yangi spikeri Mayk Jonson davridagi birinchi yirik qonunchilik tashabbusi hisoblanadi. Uning mohiyati faqat Isroilga yordam ko‘rsatish, jumladan, Isroilning “Temir gumbaz” va “Dovud choponi” havo mudofaa tizimlarini sotib olish uchun 4 milliard dollar, shuningdek, “Temir nur” tizimini rivojlantirish uchun 1,2 milliard dollar ajratishdan iborat edi. 

Qonun loyihasi taqdim etilganida u amerikalik senatorlar tanqidiga uchragan edi. 31-oktyabr kuni Senatdagi respublikachilar yetakchisi Mitch Makkonnell qonun loyihasiga to‘rtta hudud — Ukraina, Isroil, Tayvan va AQSHning Meksika bilan chegarasiga tegishli choralarni kiritish zarurligini ta’kidladi.

O‘z navbatida Senatdagi demokratlar yetakchisi Chak Shumer Vakillar palatasiga taqim etilgan qonun loyihasini “jiddiy bo‘lmagan taklif”, deb atadi.

Avvalroq The New York Times gazetasi Jo Bayden ma’muriyati Ukraina va Isroilga ta’sir o‘tkazish bo‘yicha urinishlarida qiyinchiliklarga duch kelayotgani haqida yozgandi. Bayden maʼmuriyati Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni G‘azoni bombardimon qilishda “gumanitar pauza” qilishga ko‘ndirmoqchi. Oq uy Amerikaning Isroilga yordami Netanyaxu Vashington maslahatiga quloq tutishiga kafolat bo‘lishiga umid qilgan. Biroq bu sodir bo‘lmadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »