Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidenti Jo Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan 6-noyabr kuni o‘tkazgan muloqotida HAMAS tomonidan qo‘lga olingan asirlarni ozod etish uchun uni G‘azoda o‘t ochishni uch kunga to‘xtatib turishga chaqirdi. Bu haqda Axios o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Foto: Laam

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH, Isroil va Qatar muhokama qilayotgan rejada keltirilishicha, HAMAS garovga olingan 10-15 asirni ozod etadi va 7-oktyabrda qo‘lga olingan odamlarning aniq ro‘yxati shakllantiriladi.

Manbalarning qayd etishicha, Netanxayu Baydenga bunday variantga qarshi ekanini, chunki HAMASga ishonmasligini va ular bitimning o‘ziga tegishli qismini bajarmasligini bildirgan.

7-noyabr kuni Isroil xalqiga murojaat yo‘llagan Netanyaxu yana bir bor o‘t ochishga rozi bo‘lmasligini va HAMAS barcha asirlarni ozod etmaguncha G‘azo sektoriga yonilg‘i yetkazilishiga ruxsat bermasligini ma’lum qildi.

Isroil prezidenti Is’hoq Gersog AQSH vitse-prezidenti Kamala Xarris bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda ham shunday pozitsiyani aytgan. Isroil ma’lumotlariga ko‘ra, HAMAS 240 ga yaqin odamni asirlikda ushlab turibdi.  

Avvalroq The New York Times gazetasi Jo Bayden ma’muriyati Ukraina va Isroilga ta’sir o‘tkazish bo‘yicha urinishlarida qiyinchiliklarga duch kelayotgani haqida yozgandi. Bayden maʼmuriyati Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni G‘azoni bombardimon qilishda “gumanitar pauza” qilishga ko‘ndirmoqchi. Oq uy Amerikaning Isroilga yordami Netanyaxu Vashington maslahatiga quloq tutishiga kafolat bo‘lishiga umid qilgan. Biroq bu sodir bo‘lmadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »