Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil armiyasining G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 10 022 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Al-Jazeera xabar berdi.

Foto: AFP

Ma’lum qilinishicha, halok bo‘lganlar orasida 4104 nafar bola bor. G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ko‘plab qurbonlar vayronalar ostida qolib ketganini, Isroil qamali yonilg‘i, oziq-ovqat va elektr energiyasidan foydalanishga to‘sqinlik qilayotganini ma’lum qildi.

“O‘lganlar soni oshishi kutilmoqda, chunki vayronalar ostida kamida 2000 kishi qolmoqda. Muammo shundaki, og‘ir texnika va mexanizmlar yo‘qligi sababli yerdagi qutqaruv guruhlari bu jasadlarni vayronalar ostidan olib chiqishga qodir emas”, — dedi Al-Jazeera muxbiri Hani Mahmud.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 7-oktyabr kuni boshlangan bombardimondan buyon yaralanganlar soni 25 ming 408 nafarga yetganini, Isroilning so‘nggi soatlarda 18 ta hujum uyushtirganini, 252 kishining qurbon bo‘lganini bildirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »