Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu yana bir bor G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish faqat bir shart —HAMAS tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish sharti bilan ro‘y berishi mumkinligini ma’lum qildi.

Foto: Zuma Press
“Biz har tomondan eshitayotgan har xil yolg‘on mish-mishlarni rad etgan holda bir narsaga yana oydinlik kiritmoqchiman: garovga olinganlar ozod etilmaguncha o‘t ochish to‘xtatilmaydi”, — deydi Netanyaxu.

Shu bilan birga, asirga olingan barcha yoki ulardan faqat bir qismini ozod etishni nazarda tutganmi, noaniqligicha qolmoqda. Avvalroq G‘azo sektorida garovga olingan 15 kishini ozod qilish evaziga o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar davom etayotgani haqida tasdiqlanmagan xabarlar tarqalgan edi. 

Bu iddaolarga javoban Isroil mudofaa armiyasi matbuot kotibi Daniel Xagari shunday degandi: “Bizni chalg‘itishlariga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Hech qanaqa o‘t ochishni to‘xtatish yo‘q. Biz HAMAS bilan kurashyapmiz. Hech qanday sulh bo‘lmaydi”. 

AQSH prezidenti Jo Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan 6-noyabr kuni o‘tkazgan muloqotida HAMAS tomonidan qo‘lga olingan asirlarni ozod etish uchun uni G‘azoda o‘t ochishni uch kunga to‘xtatib turishga chaqirgandi. Netanxayu Baydenga bunday variantga qarshi ekanini, chunki HAMASga ishonmasligini va ular bitimning o‘ziga tegishli qismini bajarmasligini bildirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »