Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil mudofaa kuchlari matbuot kotibi Daniel Xagariyning maʼlum qilishicha, Isroil qo‘shinlari G‘azo shahrini (G‘azo sektoridagi 700 mingdan ortiq aholiga ega eng yirik shahar) qurshab oldi va shu tariqa mintaqani shimoliy va janubiy qismlarga bo‘lib tashladi.

Сектор Газа
G‘azo sektori
 
 
Foto: CAEccles / Getty Images

Daniel Xagariyning qo‘shimcha qilishicha, G‘azo aholisini sektorning janubiy qismiga evakuatsiya qilishga ruxsat berilgan. Hozirda evakuatsiya uchun janubga bir tomonlama yo‘lak ochiqligicha qolmoqda.

“Biz G‘azo shimoli hamda G‘azo shahriga ikki baravar kuch bilan hujum qilishni davom ettirmoqdamiz. Quruqlikdagi operatsiyalar boshlangandan beri biz 2500 dan ortiq nishonni urgandik. Shuningdek, shu soatda biz yer osti va yer ustidagi infratuzilmalarga keng miqyosli hujum uyushtirmoqdamiz. Biz kechasi va kunduzi ko‘p sonli hujumlar amalga oshirmoqdamiz va bugun kechqurun muhim operatsiya o‘tkazamiz”, — degan Xagariy.

Shuningdek, Isroil mudofaa kuchlari matbuot kotibi 5-noyabr kuni Isroil kuchlari Livanning janubida “Hizbulloh” harakati joylashgan bir qator nishonlarga zarbalar berganini aytib o’tgan.

Maʼlumotlarga ko‘ra, HAMAS va Isroil o‘rtasida davom etayotgan to‘qnashuvlarda 347 nafar isroillik harbiy halok bo‘lgan. G‘azo sektorida Isroil hujumlari sababli halok bo‘lgan bolalar soni 3,4 mingdan oshgan.

Eslatib o‘tamiz, 31-oktyabr kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu HAMAS bilan urushning uchinchi bosqichi boshlanganini e’lon qilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »