Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil G‘azo sektorining shimolidan janubigacha ikkita gumanitar yo‘lak ochishga, shuningdek, harbiy amaliyotlarda har kuni to‘rt soatlik tanaffus qilishga rozi bo‘ldi. Bu haqda AQSh Milliy xavfsizlik kengashi vakili Jon Kirbiga tayanib, CBS News xabar berdi.

Foto: AP Photo

Kirbining qayd etishicha, bitta gumanitar yo‘lak allaqachon ochilgan, ikkinchisi qirg‘oq yo‘lida bo‘ladi. Gumanitar tanaffuslar 9-noyabrdan boshlanadi. 

“Buni muhim qadam deb hisoblaymiz. Va biz uning qancha kerak bo‘lsa, shuncha davom etishini istaymiz”, — deydi Kirbi. 

Shuningdek, u bir kun avval G‘azo sektoriga 126 ta yuk mashinasida gumanitar yordam yetkazilganini, biroq ularning sonini kuniga 150 taga yetkazish kerakligini aytgan.

Avvalroq AQSH prezidenti Jo Bayden Isroil-Falastin mojarosi davomida G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish imkoniyati yo‘qligini aytgandi. Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan 6-noyabr kuni o‘tkazgan muloqotida HAMAS tomonidan qo‘lga olingan asirlarni ozod etish uchun uni G‘azoda o‘t ochishni uch kunga to‘xtatib turishga chaqirgandi. Netanxayu Baydenga bunday variantga qarshi ekanini, chunki HAMASga ishonmasligini va ular bitimning o‘ziga tegishli qismini bajarmasligini bildirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »