Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Isroil G‘azoni bombardimon qilishni va tinch aholi, jumladan, ayollar va bolalarni o‘ldirishni bas qilishi kerakligini aytdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Foto: AFP

Makronning taʼkidlashicha, Fransiya HAMASning terrorchilik harakatlarini aniq qoralaydi, biroq Isroilning o‘zini himoya qilish huquqini tan olib, uni G‘azodagi bombardimonlarni to‘xtatishga chaqiradi.

Isroil xalqaro qonunlarga muvofiq harbiy nishonlarga hujum qilayotgani va tinch aholi qurbonlarini kamaytirish choralarini ko‘rayotgani, masalan, zarbalar oldidan ogohlantirishlar berish va odamlarni evakuatsiya qilishga undashini aytmoqda.

Biroq faktlar buning aksini tasdiqlaydi, jumladan, 7-oktyabrdan buyon G‘azoga berilgan zarbalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 11 ming kishidan oshdi, ularning to‘rt mingdan ortig‘i bolalardir. Bundan tashqari, texnikalar yetishmasligi sababli vayronalar ostidan jarohatlanganlarni olib chiqish imkoniyati yo‘q. O‘z navbatida, bu halok bo‘lganlar sonining ortishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning idorasi Makronning bayonotiga tezda javob berib, davlatlar Isroilni emas, HAMASni qoralashi kerakligini aytdi.

“Tinch aholiga yetkazilgan har qanday zarar uchun javobgarlik Isroil emas, HAMAS zimmasiga yuklatiladi”, — dedi Netanyaxu.

Yelisey saroyida jurnalistlar bilan suhbatlashgan Makronning so‘zlariga ko‘ra, G‘azo sektorini bombardimon qilish uchun “hech qanday asos” yo‘q va o‘t ochishni to‘xtatish “Isroilga foyda keltiradi”.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »