Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH davlat kotibi Entoni Blinkenning aytishicha, Isroilning Falastinning HAMAS harakati bilan urushi natijasida haddan ziyod ko‘p falastinliklar halok bo‘lgan va yaralangan.

Uning qayd etishicha, Isroil Falastin tinch aholisiga yetkazilgan zararni minimallashtirish uchun ko‘proq harakat qilishi kerak. G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar soni 11 mingdan oshgan, 27 mingdan ortiq kishi jarohat olgan.

Foto: CNN

“Biz falastinliklarga zarar yetkazilishining oldini olish va ularga ko‘rsatilayotgan yordamni maksimal darajada oshirish uchun qo‘limizdan kelganini qilmoqchimiz. Shu maqsadda biz Isroil bilan ushbu maqsadlarga erishish uchun qilinishi kerak bo‘lgan aniq qadamlarni muhokama qilishda davom etamiz”, — dedi AQSH davlat kotibi.

Shu bilan birga, Blinken Isroilni G‘azo sektorida har kuni to‘rt soatlik gumanitar pauzalarga rozi bo‘lgani va anklavning shimoliy hududlaridan tinch aholini evakuatsiya qilish uchun yo‘laklar yaratgani uchun olqishladi.

Matbuot anjumani davomida Blinken yana bir bor AQSH falastinliklarning G‘azodan majburiy ko‘chirilishiga, shuningdek, anklavdan Isroilga qarshi terrorchilik hujumlari uchun platforma sifatida foydalanishga qarshi ekanini ta’kidladi. Vashington G‘azodagi Falastin boshqaruvini qo‘llab-quvvatlaydi, dedi Blinken.

Shu bilan birga, AQSH davlat kotibi yana bir bor G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi, chunki uning fikricha, bu qabul qilib bo‘lmaydigan natijaga olib keladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »