Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil kuchlari G‘azo sektori shimolidagi Al-Quds kasalxonasini qurshab oldi. Bu haqda Falastin Qizil yarim oy jamiyatiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Ma’lumotlariga ko‘ra, “Isroil askarlari va tanklari kasalxonani har tomondan qurshab olgan”. Tibbiyot muassasasi bemorlar va ularning oila aʼzolari hamda xodimlarni evakuatsiya qilishga hozirlik ko‘rmoqda. Shifokorlar bemorlar, jumladan, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar yonilg‘i yetishmasligi tufayli vafot etayotganini aytdi.

Al-Quds shifoxonasi yonilg‘i va elektr quvvati yo‘qligi sababli o‘z faoliyatini to‘xtatgan

8-noyabr kuni arab OAVlari Isroil shifoxonaga hujum qilgani haqida xabar berdi. Isroil harbiylari zarbalar kasalxonaga tutash binoda joylashgan Falastinning HAMAS harakati jangchilariga qarshi uyushtirilganini va bu “ikkinchi darajali portlashlar”ga olib kelganini da’vo qildi. Isroil bir necha bor HAMAS tarafdorlarini o‘z infratuzilmalarini fuqarolik obyektlari yaqinida, shuningdek, ular ostidagi tunnellarda joylashtirganlikda ayblagan.

7-oktyabrdan buyon G‘azoga berilgan zarbalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 11 ming kishidan oshdi, ularning to‘rt mingdan ortig‘i bolalardir. Bundan tashqari, texnikalar yetishmasligi sababli vayronalar ostidan jarohatlanganlarni olib chiqish imkoniyati yo‘q. O‘z navbatida, bu halok bo‘lganlar sonining ortishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »