Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adhanom Gebreyesus Twitter’da G‘azo sektoridagi shifoxonalar nega hanuzgacha evakuatsiya qilinmaganini tushuntirdi.

Foto: Global Look Press
“Takror aytamiz — bemorlar bilan to‘la shifoxonalarni ularning hayotini xavf ostiga qo‘ymasdan evakuatsiya qilishning iloji yo‘q. Xalqaro gumanitar qonunlarga ko‘ra, sog‘liqni saqlash har doim himoyalangan bo‘lishi kerak”, — deb yozadi JSST rahbari.

JSST, shuningdek, G‘azoda favqulodda xizmatlarning ishlashi uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlar va yoqilg‘i yetishmasligini ta’kidlamoqda.

Avvalroq Falastin Qizil Yarim Oy jamiyati G‘azo sektoridagi “Al Quds” kasalxonasini evakuatsiya qilish bilan bog‘liq tahdidlar haqida hisobot bergan. Gebreyesus ushbu vaziyatdan qattiq xavotirda ekanini aytgan.

O‘tgan hafta G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi hududdagi 12 ta kasalxona va 32 ta tibbiy markaz ishdan chiqqanini xabar qilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »