Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

G‘azodagi Al-Ahli kasalxonasiga berilgan aviazarba berilib, buning oqibatida 800 dan ortiq kishi qurbon bo‘lgandi. O‘zbekiston bu zo‘ravonlik harakatini keskin qoraladi.

“Bu dahshatli zo‘ravonlik harakatini keskin qoralaymiz va buni xalqaro gumanitar huquqning qo‘pol buzilishi deb hisoblaymiz. Vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan holda, mojaro tomonlarini zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga hamda o‘t ochishdan tiyilishga chaqiramiz”, — deyiladi TIV bayonotida.

Isroil armiyasi 17-oktyabr kuni kechqurun G‘azo sektorining markaziy qismida joylashgan Al-Ahli kasalxonasiga aviazarba berdi. Falastin tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, 800 dan ortiq odam halok bo‘lgan. Isroil harbiylari shifoxonaga hujumda Falastinning “Islom jihodi” guruhini ayblamoqda. Guruh ayblovlarni rad etdi.

Xalqaro reaksiya

Jahon yetakchilaridan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on birinchilardan bo‘lib G‘azodagi shifoxonaga Isroil tomonidan aviazarba berilganini qoralab chiqdi va jahon hamjamiyatini Falastin anklavidagi “misli ko‘rilmagan shafqatsizlik”ni to‘xtatishga chaqirdi.

Pentagon Isroil aviazarbasi to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdirib, “AQSH Isroilni “urush qonunlari”ga rioya qilishga chaqiradi”, deb bayonot berdi.

Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili “G‘azo sektoridagi kasalxonaga hujum shafqatsizlik bilan amalga oshirilgan jinoyat bo‘lib, sionistik rejim urush chog‘ida asosiy xalqaro prinsiplarga rioya qilmasligini namoyish etadi”, deya bayonot berdi.

Iordaniya qiroli G‘azodagi kasalxona portlashini “qirg‘in” va “harbiy jinoyat” deb atadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »