Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Al Arabiya nashri G‘azodagi Al-Ahli kasalxonasiga berilgan aviazarba qurbonlari 800 kishidan oshgani haqida xabar berdi. Kasalxonadagi fojiadan so‘ng Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikaning ko‘plab mamlakatlarida Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlar boshlandi va ulardan baʼzilari hamon davom etmoqda, deb yozadi BBC.

G‘arbiy Sohil, Iordaniya va Livanda yuzlab odamlar ko‘chalariga chiqdi.

Livan poytaxtida minglab namoyishchilar AQSH elchixonasi oldida to‘planib, elchixonani qo‘riqlayotgan politsiya bilan to‘qnashdi va missiya panjarasiga Falastin bayrog‘ini ko‘tardi

OAV xabarlariga ko‘ra, politsiya Amerika elchixonasiga ketayotgan namoyishchilarni qo‘lga olish va tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan.

Foto: AFP

Bir qancha namoyishchilar Fransiyaning Bayrutdagi elchixonasiga to‘planib, binoga tosh otishni boshladi.

Avvalroq Livanda joylashgan “Hizbulloh” guruhi 18-oktyabr kuni mintaqa bo‘ylab “g‘azab kuni” o‘tkazishga chaqirgandi. Anqaradagi Isroil elchixonasi yonida minglab odamlar namoyishga yig‘ildi. U yerda politsiya namoyishchilarni suv purkagichlar bilan tarqatdi.

Tunisda namoyishchilar Fransiya va Buyuk Britaniya elchixonalari oldiga yig‘ilib, “Fransiyaga o‘lim!”, “Britaniyaga o‘lim!”  deya hayqirishdi. AQSHning Tunisdagi elchixonasi o‘tgan hafta Isroil—HAMAS urushi boshlanganidan jamoatchilikka yopilgan edi.

Foto: TRT

Mitinglar Misr, Suriya, Livan, Yaman, Iroq va Eronda ham bo‘lib o‘tdi. AQSHda va Yevropaning ko‘plab shaharlarida katta-kichik namoyishlar o‘tkazildi.

Foto: TRT
Foto: TRT

HAMASning xorijdagi rahbari Xolid Meshal G‘azo sektoridagi shifoxonaga uyushtirilgan hujum fonida musulmonlarni Isroilning barcha mamlakatlardagi elchixonalari oldida namoyishlar o‘tkazishga chaqirgan.

17-oktyabr kuni kechqurun Isroil G‘azo sektoridagi Al-Ahli kasalxonasiga aviazarba berdi. Rasmiylar 500 dan ortiq odam o‘lganini ma’lum qildi.

O‘z navbatida Isroil shifoxonaga uyushtirilgan hujum uchun “Islomiy jihod” guruhi javobgar ekanini bildirdi. Isroil harbiylariga ko‘ra, shifoxonaga guruh tomonidan Isroilga otilgan raketalardan biri kelib tushgan. “Islomiy jihod” ayblovlarni rad etdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »