Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil armiyasi 17-oktyabr kuni kechqurun G‘azo sektorining markaziy qismida joylashgan Al-Ahli kasalxonasiga aviazarba berdi. Falastin tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, 800 dan ortiq odam halok bo‘lgan. Isroil harbiylari shifoxonaga hujumda Falastinning “Islom jihodi” guruhini ayblamoqda. Guruh ayblovlarni rad etdi.

Videodan kadr

Guvohlar shifoxonadagi manzara dahshatli ekani, qonga belangan va yaralanganlar bilan to‘lib ketganini aytsihdi. Qayd etilishicha, G‘azoda yuzlab ichki ko‘chirilganlar ushbu shifoxona hududini boshpana qilgan edi.

G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi shifoxonada halok bo‘lganlarning barchasi fuqarolik shaxslari bo‘lganini ta’kidladi.

Falastin prezidenti Mahmud Abbos shifoxonada halok bo‘lgan qurbonlar xotirasiga davlatda uch kunlik motam e’lon qildi.

Xalqaro reaksiya

Jahon yetakchilaridan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on birinchilardan bo‘lib G‘azodagi shifoxonaga Isroil tomonidan aviazarba berilganini qoralab chiqdi va jahon hamjamiyatini Falastin anklavidagi “misli ko‘rilmagan shafqatsizlik”ni to‘xtatishga chaqirdi.

“Ayollar, bolalar va hech narsada aybsiz bo‘lgan tinch aholi vakillari bo‘lgan kasalxonaga zarba berish — bu Isroilning elementar insoniy qadriyatlardan xoli bo‘lgan hujumlarining namunasidir. Men butun insoniyatni G‘azo sektoridagi bu misli ko‘rilmagan shafqatsizlikni to‘xtatishga chaqiraman”, — deb yozdi Erdo‘g‘on X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida.

Pentagon Isroil aviazarbasi to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdirib, “AQSH Isroilni “urush qonunlari”ga rioya qilishga chaqiradi”, deb bayonot berdi.

Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili “G‘azo sektoridagi kasalxonaga hujum shafqatsizlik bilan amalga oshirilgan jinoyat bo‘lib, sionistik rejim urush chog‘ida asosiy xalqaro prinsiplarga rioya qilmasligini namoyish etadi”, deya bayonot berdi.

Iordaniya qiroli G‘azodagi kasalxona portlashini “qirg‘in” va “harbiy jinoyat” deb atadi.

Bundan tashqari, Iordaniya tashqi ishlar vazirligi 18-oktyabr kuni AQSH prezidenti Jo Bayden bilan o‘tadigan oliy darajadagi uchrashuvni bekor qildi. Jo Bayden bilan uchrashuvda Iordaniya prezidenti Ayman Safadiy, Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy, Falastin muxtoriyati raisi Abu Mazen ishtirok etishi kutilayotgan edi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ham G‘azo sektoridagi kasalxonaga hujumni qat’iy qoraladi.

“Tinch aholi va tibbiyot muassasalarini himoyalashning zarur choralarini ko‘rishga chaqiramiz”, — deydi JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreysus.

Yevropa Ittifoqi tashqi siyosiy xizmati rahbari Jozep Borrel G‘azodagi hospitalga zarbani “dahshatli jinoyat” deb atadi va “aybdorlarni jazoga tortish”ga chaqirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »