Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH va Isroil G‘azoga gumanitar yordam yetkazish rejasini ishlab chiqishga kelishib oldi. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘rtasida 17-oktyabr kuni ertalab yakunlangan muzokaralardan so‘ng ma’lum qilindi. Reuters xabariga ko‘ra, muzokaralar to‘qqiz soat davom etgan. Uchrashuv havo trevogasi yangraganidan keyin to‘xtatilib, Blinken va Netanyaxu qisqa muddatga bunkerga tushishga majbur bo‘lgan. CNN muzokaralar yetti yarim soat davom etganini yozdi.

Foto: Global Look Press
“Biz Isroil bilan HAMAS G‘azoga keltiriladigan yordamni to‘xtatib qo‘yishi yoki yo‘q qilishi, yordamning muhtoj odamlarga yetib borishiga to‘sqinlik qilishi mumkinligidan xavotirdamiz. Agar HAMAS tinch aholiga gumanitar yordam yetkazilishiga qandaydir tarzda to‘sqinlik qilsa, jumladan, uni olib qo‘ysa, eng avval biz uni qoralaymiz va bu qayta takrorlanmasligi uchun chora ko‘ramiz”, — dedi Blinken.

AQSH prezidenti Jo Bayden 18-oktyabr kuni Isroilga tashrif buyuradi. Bu haqda dastlab Blinken, so‘ng Baydenning o‘zi X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. Amerika prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u “HAMASning shafqatsiz terroridan” jabr ko‘rgan mamlakatga “birdamlik izhor qilmoqchi”.

Isroildan keyin Bayden “gumanitar masalalar”ni hal qilish uchun Iordaniyaga boradi va u yerda qirol Abdulla II, Misr prezidenti Abdul Fatoh as-Sisiy hamda Falastin maʼmuriyati rahbari Mahmud Abbos bilan uchrashadi. 

G‘azo sektorini nazorat qilayotgan HAMAS 7-oktyabr kuni ertalab Isroilga hujum qildi. Ular mamlakatga minglab raketalarni otib, so‘ng chegara hududlariga kirib keldi. Isroil mudofaa kuchlari bunga javoban G‘azo sektoriga katta zarbalar berdi. Isroil rasmiylari mamlakat urush holatida ekanligini rasman e’lon qildi.

AQSH Mudofaa vazirligi Jerald Ford va Duayt Eyzenxauer vaziyatni kuzatish uchun O‘rta Yer dengizining sharqiy qismiga ikkita aviatashuvchi boshchiligida zarba beruvchi guruh yubordi. The Wall Street Journal nashriga ko‘ra, Pentagon Isroilga yuborish uchun 2000 ga yaqin askarni saralab olgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »