Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi Ash-Shati qochqinlar lageriga zarba berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: Telegram
“So‘nggi 24 soat ichida Isroil armiyasi harbiylari G‘azo sektori shimolidagi Ash-Shati lagerida faoliyat olib bora boshladi. Operativ harakatlar davomida harbiylar ko‘plab ‘terrorchilar’ni yo‘q qildi va hududdagi ‘terrorchilik infratuzilmasi’ning ko‘p sonli obyektlarini aniqladi”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, janglar davomida harbiylar hududdagi binolardan birida tinch aholi vakillari aniqlangan. Isroil armiyasi ularni evakuatsiya qilganini, bu vaqtda “terrorchilar” harbiylarga qarata o‘q uzishni boshlaganini ma’lum qildi. 

“Evakuatsiya yo‘llarini himoya qilish uchun harbiylar o‘q otish qurollari va tanklar bilan javob qaytardi”, — deyiladi Isroil armiyasi bayonotida.

Shuningdek, Isroil armiyasi boshqa bir operatsiyada uyda barrikada o‘rnatilgan “terrorchilar yacheykasi”ni aniqlagani, hududga samolyot jo‘natib, ularni o‘ldirganini da’vo qilmoqda. Bino omboridan raketa uchirilgani aniqlaganidan so‘ng, qiruvchi samolyot o‘t ochish manbasiga zarba bergan, deyiladi xabarda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »