Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Suriya prezidenti Bashar Asad G‘azo sektoridagi harbiy harakatlarga barham berish uchun arab va islom dunyosi davlatlarini Isroil bilan munosabatlarni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda u Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan Arab davlatlari ligasi va Islom hamkorlik tashkiloti sammitida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

Foto: AP
“Agar bizda bosim o‘tkazish uchun hech qanday haqiqiy vositalar bo‘lmasa, keyingi qadamlarni tashlashdan ma’no yo‘q. Har qalay bizda siyosiy vositalar mavjud. Avvalo sionistik tuzilmalar bilan har qanday siyosiy aloqalarni to‘xtatish kerak”, — degan Suriya prezidenti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil bilan munosabatlarni tiklash sharti G‘azo sektoridagi “tajovuzni to‘xtatish” bo‘lishi kerak.

Reuters agentligi manbalariga ko‘ra, BAA Isroil bilan diplomatik munosabatlarni uzishni rejalashtirmayapti, biroq mojaro yanada avj oladigan bo‘lsa, buni amalga oshirishi mumkin. Ayni paytda Yaqin Sharq diplomatlaridan biri BAA Isroil bilan barqaror iqtisodiy va harbiy aloqalarini yo‘qotmoqchi emasligini ta’kidlagan.

The Economist nashrining yozishicha, Saudiya Arabistoni Isroil bilan munosabatlarni normallashtirish uchun eshikni yopmayapti. Amerika bu yil ko‘p vaqtini Saudiya Arabistoni Isroilni tan oladigan kelishuvga erishish uchun sarfladi. Buning evaziga qirollik Amerika bilan mudofaa shartnomasi tuzmoqchi edi.

Qatar ham Amerika ittifoqchisi, ham HAMAS tarafdori. Bu davlat hali ham Amerika uchun foydali bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatish uchun kurashmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »