Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Tashqi ishlar vazirligining 8-oktyabr kuni e’lon qilgan bayonotiga ko‘ra, HAMAS’ning Isroil shahar va qishloqlariga uyushtirgan hujumlari, shuningdek, aholi punktlariga raketa hujumlari “jiddiy va shiddatli keskinlik”ni yuzaga keltirdi.

Foto: Reuters
“Vazirlik Isroilning tinch aholisi o‘z uylaridan garovga olingani haqidagi xabarlardan hayratda. Tinch aholi vakillari hamisha xalqaro gumanitar qonunlarga muvofiq to‘liq himoyaga ega bo‘lishi va hech qachon mojaro obyektiga aylanmasligi kerak”, — deyiladi bayonotda.

Vazirlik “zo‘ravonlik avjiga chiqqani tufayli isroilliklar va falastinliklarning o‘limi” munosabati bilan hamdardlik bildirdi va har ikki tomonni keskinlikni yumshatishga chaqirdi.

“Xalqaro hamjamiyat muloqot, hamkorlik va birgalikda yashash borasida mintaqaviy sa’y-harakatlarni izdan chiqarishga qaratilgan zo‘ravonlik urinishlariga qarshi qat’iyatli bo‘lishi kerak”, — deya qo‘shimcha qilgan BAA TIV hamda “vaziyatni yumshatish”, Isroil va Falastin hududlarida “tinchlikni tiklash uchun barcha mintaqaviy va xalqaro hamkorlar bilan yaqin aloqada bo‘lishini” bildirgan.

Ko‘plab arab davlatlari Isroilni aybladi

2020-yilda Isroil bilan munosabatlarni normallashtirgan birinchi Fors ko‘rfazi davlatiga aylangan BAAning pozitsiyasi mintaqadagi aksariyat arab davlatlari izohlaridan keskin farq qiladi. Ulardan ba’zilari, xususan, Eron va Suriya 7-oktyabr kuni HAMAS’ning Isroilga hujumini ochiqdan ochiq qo‘llab-quvvatladi, ba’zilari esa vaziyatning keskinlashishida Isroilning o‘zini aybladi.

Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Iroq, Qatar va Ummon o‘z bayonotlarida HAMAS hujumi “davom etayotgan okkupatsiya va Falastin xalqini qonuniy huquqlaridan mahrum qilish natijasi” ekanini ta’kidladi. 

Saudiya Arabistonining bayonoti esa biroz vazmin bo‘ldi – unda “ikki tomon o‘rtasidagi keskinlashuvni zudlik bilan to‘xtatish, tinch aholini himoya qilish va o‘zini nazoratda ushlash” talab qilingan. G‘arb davlatlarining aksariyati Isroilni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »