Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Falastinlik shifokorlar G‘azodagi shifoxonalardan aholini evakuatsiya qilishning iloji yo‘qligini ma’lum qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Foto: Reuters

G‘azodagi “Al-Shifa” kasalxonasi jarrohlik bo‘limi bosh shifokori Marvan Abusada vaziyatni halokatli deb baholadi.

“55 mingga yaqin ichki ko‘chirilganlar shifoxonaning har kvadrat metrini egallamoqda”, — dedi u.

Abusadaning so‘zlariga ko‘ra, shifoxona haddan tashqari yuklama bilan ishlamoqda, yangi yaradorlar kelishi bilan eski bemorlar koridorlarga ko‘chiriladi.

“Og‘riq qoldiruvchi vositalardan tortib antibiotiklargacha bo‘lgan hamma narsaning yetishmasligi vaziyatni juda qiyinlashtiradi. Biz bundan ortig‘ini qila olmaymiz”, — deya qo‘shimcha qildi shifokor.

Isroil harbiylari “Al-Shifa” kasalxonasi ostida HAMAS bazasi borligini iddao qiladi. HAMAS buni rad etadi.

Avvalroq Falastin Qizil Yarim Oy jamiyati Isroil harbiylari G‘azodagi “Al-Quds”ni evakuatsiya qilishga buyruq berganini ma’lum qilgandi. Tashkilotning aytishicha, bemorlar reanimatsiya bo‘limida, chaqaloqlar esa inkubatorlarda, shuning uchun ularni ko‘chirish mumkin emas.

“Al-Quds” kasalxonasi va uning atrofida 14 mingga yaqin tinch aholi boshpana topgani taxmin qilinmoqda. Yakshanba kuni kasalxona binosi hududi havo hujumlariga uchragan.

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi 30-oktyabr kuni G‘azo shahri janubida joylashgan turk kasalxonasi Isroil havo hujumiga uchraganini ma’lum qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »