Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil va HAMAS harakati jangovar harakatlarni bir necha kun to‘xtatib turish evaziga garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga yaqinlashmoqda. Bu haqda CNN telekanali AQSHdagi amaldorlardan biriga tayanib xabar berdi.

Foto: AP Photo
“Isroil va HAMAS garovga olinganlarni ozod etish bo‘yicha kelishuvga erishishga yaqinlashmoqda, buning evaziga jangovar harakatlar uzoq muddat to‘xtatib turiladi”, — deyiladi telekanal xabarida.

CNN manbasining qayd etishicha, tomonlar bitimga erishish uchun tobora yaqinlashmoqda, ammo muzokaralar beqarorligicha qolmoqda va u amalga oshmasligi mumkin.

AQSH prezidenti Jo Bayden 14-noyabr kuni G‘azoda saqlanayotgan mahbuslarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishish mumkinligiga ishonishini aytgandi. “Men buni sodir bo‘lishiga ishonaman, lekin tafsilotlarga to‘xtalmoqchi emasman”, — degan u.

Avvalroq Falastin prezidenti Mahmud Abbos AQSH davlat kotibi Entoni Blinkenga Iordan dengizining g‘arbiy sohili va Sharqiy Quddusdagi vaziyatni tartibga soluvchi keng qamrovli siyosiy yechim doirasida G‘azo sektori Falastin davlati nazoratiga o‘tishi mumkinligini ma’lum qilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »