Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidenti G‘azo shahri Falastin xalqiga tegishli ekanini tan olishi kerak. Aks holda, Yaqin Sharqdagi mojaro hal etilmaydi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on tegishli bayonot berdi.

Foto: tccb.gov.tr

Siyosatchi Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkiloti sammitidan so‘ng G‘azodagi vaziyat bo‘yicha gapirdi.

“Musulmonlar o‘ldirilganda BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning samarasiz va ko‘r ekaniga yana bir bor guvoh bo‘ldik. Xalqaro hamjamiyat G‘azodagi qirg‘inlarga qarshi chora ko‘rishi kerak. Biroq BMT Xavfsizlik kengashining yana faol emasligini ko‘rmoqdamiz”, — dedi Erdo‘g‘on.

Shuningdek, u Isroil—Falastin mojarosida AQSHning pozitsiyasini tanqid qilib, Vashington sektorni Isroil hududi deb hisoblasa, Turkiya va AQSH o‘rtasida G‘azo bo‘yicha kelishuvga erishib bo‘lmasligini aytdi.

“Faollashtirilishi kerak bo‘lgan eng muhim davlat — Isroilga ta’siri bo‘lgan Amerika... G‘azo — Falastin xalqining yeri. Amerika buni tan olishi kerak. Agar Bayden G‘azo Falastin xalqining yeri emas, lekin ko‘chmanchilar yoki Isroilniki, degan yondashuvga ega bo‘lsa, bizning kelishuvimiz imkonsiz”, — dedi Erdo‘g‘on.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “bir qator davlatlar hukumati o‘zlarining imperialistik manfaatlari yo‘lida Isroilni oqlashga intilayotgan bo‘lsalar-da, ularning jamiyatlari nazarida Isroil bolalarning qotili bo‘lgan mamlakatdir”.

Erdo‘g‘on yana bir bor Falastinning HAMAS harakati “terrorchi tashkilot emas, balki o‘z yerlarini himoya qilish va vatani uchun bor kuchi bilan kurashayotgan odamlar” ekanini aytdi. U Turkiyaning mintaqadagi roliga ham to‘xtalib o‘tdi.

“Ushbu geografiyada Turkiyani hisobga olmasdan turib, tashabbus ko‘rsatish yoki rejalar tuzish mumkin emas. Mintaqamiz o‘n minglab kilometr uzoqlikda joylashgan va bu yerda o‘z taʼsirini o‘rnatmoqchi bo‘lgan davlatlardan zudlik bilan xalos bo‘lishi kerak”, — dedi Turkiya rahbari.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »