Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroilning uch haftadan buyon G‘azo sektorida olib borayotgan qirg‘iniga javoban Isroil — Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar deyarli barbod bo‘lganiga qaramay, Isroil Turkiya orqali neft import qilishda davom etmoqda, deb yozadi bne IntelliNews.

Foto: Reuters

Bloomberg xabariga ko‘ra, Maltada ro‘yxatdan o‘tgan Seaviolet neft tankeri yaqinda Turkiyaning O‘rta Yer dengizidagi neft markazi — Jayhan portidan Isroilning Eylat portiga 1 million barrel Ozarbayjon neftini olib o‘tgan. Isroil yillik neft iste’molining qariyb 40 foizi Jayhan orqali o‘tadigan neft hisobidan qondiriladi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on dam olish kunlari Istanbulda bo‘lib o‘tgan “Buyuk Falastin mitingi”da Isroilni “harbiy jinoyatchi” deb atadi, 25-oktyabr kungi bayonotida esa u HAMAS terrorchi tashkilot emasligi, ular “o‘z yerlari va xalqini himoya qilish uchun kurash olib borayotgan ozodlik guruhi” ekanini aytdi.

Isroil Quddus va Anqara o‘rtasidagi munosabatlarni qayta ko‘rib chiqish uchun Turkiyadan diplomatik xodimlarini chaqirib oldi.

Erdo‘g‘onning Isroil tomonidan olib borilayotgan qirg‘inlarga qarshi keskin bayonotlari hamda G‘arb davlatlarining Isroilni qo‘llab-quvvatlashi fonida G‘arb brendlari, jumladan McDonald’s va Starbucks turk iste’molchilarining noroziligiga duchor bo‘lmoqda.

Turkiyaning Isroilga neft jo‘natishiga ruxsat berishda davom etishi siyosat va biznes jihatdan ajablanarli emas, deb ta’kidladi nashr.

Netanyaxu 2020-yilda Erdo‘g‘on bilan xalqaro munosabatlar o‘yinini tasvirlab, “Bir paytlar u (Erdog‘on) meni har uch soatda Gitler deb atagan bo‘lsa, endi har olti soatda shunday demoqda, lekin shukurki, (Turkiya bilan) savdo-sotiq yaxshilandi”, degandi.

UNICEF ijrochi direktori Ketrin Rassel 30-oktyabr kuni BMT Xavfsizlik kengashida so‘zlagan nutqida Isroilning hujumi oqibatida G‘azoda har kuni 420 dan ortiq falastinlik bola halok bo‘layotgani yoki yaralanayotganini aytdi.

“Bu barchamizni larzaga keltirishi kerak bo‘lgan raqamlar” — dedi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »