Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga G‘azodagi HAMAS tarafdorlarini Turkiyaga olib ketishni taklif qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir
 Foto: STMEGI
“Men Erdo‘g‘on va uning xalqi farzandlarimiz, qariyalarimiz va ayollarimizni o‘ldirgan, talon-taroj qilgan va zo‘rlagan natsist qotillarni qo‘llab-quvvatlayotganini ko‘rmoqdaman va Erdo‘g‘onga nafaqat uzoqdan turib qo‘llab-quvvatlashni, balki ularni Turkiyada yashashlari uchun o‘z himoyasiga olishini taklif qilaman”, — dedi u.

Erdo‘g‘on Istanbulda Falastinni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazilgan mitingda Anqara “Isroilni harbiy jinoyatchi deb e’lon qilishi” va buni butun xalqaro hamjamiyat oldida Falastin-Isroil mojarosining kuchayishi munosabati bilan amalga oshirishini aytgan.

Erdo‘g‘on Isroilni “bosqinchi” va “tashkilot” deb atab, Falastinning HAMAS harakati terrorchi tashkilot emasligini ta’kidlagan.

Buning ortidan Isroil tashqi ishlar vaziri Eli Koen ikki tomonlama munosabatlarni qayta ko‘rib chiqish uchun Turkiyadan diplomatlarini zudlik bilan chaqirib olganini aytgan. O‘z navbatida Isroilning Turkiyadagi elchixonasi X ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifasida turkchada “Hamas terrorchi tashkilotdir” degan yozuv bilan surat joylashtirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »