Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Toshkentda bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) 16-sammitida G‘azo sektoridagi vaziyatga to‘xtaldi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Erdo‘g‘onning ta’kidlashicha, hozirda blokadadagi G‘azo sektorida 11 mingga yaqin falastinlik, jumladan, ayollar va bolalar halok bo‘ldi, dunyo esa sukut saqlamoqda. U dunyo jiddiy muammolar bilan yuzlashadigan davr kelganini ta’kidladi.

“Koronavirus pandemiyasining jahon iqtisodiyoti va savdosiga yetkazgan yaralari hali bitmagan. Keyinchalik biz qo‘shni hududlarda boshlangan Rossiya—Ukraina urushining dahshatli oqibatlariga duch keldik.
Energiya va oziq-ovqat narxlarining keskin o‘sishi natijasida yuzaga kelgan inflyatsiya so‘nggi 60-70 yildagi eng yuqori darajaga yetib, muammolarni yanada kuchaytirdi. Biz bu qiyinchiliklarga qarshi samarali kurashish yo‘llarini izlayotgan bir paytda, bosib olingan Falastin hududlarida avj olgan mojaro yuragimizga tegdi” , — dedi u.

Erdo‘g‘on 9-noyabr holatiga ko‘ra, Isroil G‘azo sektorini 34-kun ketma-ket bombardimon qilganini eslatdi.

“Isroil tomonidan shafqatsizlarcha o‘ldirilgan G‘azo sektorining 11 mingga yaqin aholisining 73 foizi ayollar va bolalardir. G‘arb davlatlarining har tomonlama qo‘llab-quvvatlashidan bahramand bo‘lgan Isroil rasmiylari maktablar, masjidlar, cherkovlar, shifoxonalar, universitetlar va turar joy binolarini bombardimon qilishda, barcha insoniy qadriyatlarni oyoqosti qilishda davom etmoqda. Biz hatto bolalarning o‘ldirilishini ham oqlaydigan shunday fanatizmga duch keldik”, — dedi Erdo‘g‘on.

Turkiya rahbari doimiy ravishda inson huquq va erkinliklari, demokratiya haqida gapiradigan G‘arb davlatlari Isroil qirg‘inlarini chetdan kuzatayotganini qayd etdi.

“Bu davlatlar va tashkilotlar shu qadar ojizki, ular bolalar qotillarini tanqid qilish u yoqda tursin, hatto otashkesimga ham chaqira olmaydi. Fikr erkinligi bahonasida Qur’oni Karim kitobini yoqib yuborayotganlarga ko‘z yumayotganlar Falastin bayrog‘i bilan kelisha olmaydi. 7-oktyabrdan buyon guvohi bo‘lgan ikkiyuzlamachilik misollari tobora ko‘paymoqda. Voqealar yana bir bor biz musulmonlar birligimizni mustahkamlashimiz zarurligini ko‘rsatmoqda. Biz gumanitar sulhni ta’minlash va mojaro tarqalishining oldini olishga qaratilgan diplomatik tashabbuslarimizni davom ettiramiz”, — dedi Turkiya rahbari.

Bundan tashqari, Turkiya rahbari Isroil—Falastin mojarosini hal qilishda ishtirok etish nuqtayi nazaridan IHT roliga e’tibor qaratdi.

“500 million aholiga ega, umumiy daromadi 1,5 trillion dollarga teng bo‘lgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, shubhasiz, muhim o‘rinni egallaydi. Agar bugun biz IHT, musulmonlar sifatida ovozimizni baland ko‘tarmasak, yana qachon baland ko‘taramiz?” — dedi Turkiya rahbari.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »