Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on turkiy davlatlar uchun yagona alifbo yaratishni taklif qildi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Foto: Oqo‘rda matbuot xizmati

Erdo‘g‘on Turkiy davlatlar tashkilotining Ostonadagi sammitidagi nutqida tegishli taklifni ilgari surgan.

 “Tilimiz, madaniyatimiz va tariximiz asosida insoniy munosabatlarimizni mustahkamlash uchun oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarimizni davom ettirmoqdamiz. Albatta, birligimizni mustahkamlashda til juda muhim.
Yagona alifbo ham muhim tarkibiy qism bo‘lib, bunda prezidentlarning qo‘llab-quvvatlashi muhim. Oliy taʼlim kengashi tomonidan tashkilotimiz kotibiyatiga bildirilgan taklif, ishonchim komilki, tashkilotimiz tomonidan ko‘rib chiqiladi”, — dedi Turkiya prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, Ostonada Turkiy davlatlar tashkilotining sammiti bo‘lib o‘tdi. Sammitda Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Turkiya, O‘zbekiston davlat rahbarlari, shuningdek, kuzatuvchi davlatlar — Vengriya va Turkmaniston rahbarlari ishtirok etdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »