Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mossad — Isroil razvedka xizmati rahbari David Barnea garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvning yakuniy versiyasini muhokama qilish uchun yaqin orada Qatarga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda Isroilning Yediot Ahronot gazetasi xabar berdi.

Isroil razvedka xizmati rahbari David Barnea
Foto: The Jewish News

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi kelishuv shu hafta oxirigacha tuzilishi mumkin. Agar bu yahudiy davlati Vazirlar Mahkamasi a’zolari tomonidan ma‘qullansa, kelishuv bir yoki ikki kun ichida e’lon qilinishi mumkin.

“Isroil va HAMAS o‘rtasidagi muzokaralar juda qiyin kechmoqda, chunki tomonlar ko‘p jihatlarda yon bosishni istamaydi. Xususan, yahudiy davlati, HAMAS xohlaganidek, besh kunlik sulh e’lon qilishdan bosh tortgan. Ularga javoban Falastin guruhi garovga olinganlar sonini ozod qilishga tayyor bo‘lgan 80 kishidan 50 kishiga qisqartirdi”, — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Isroil bolalarni faqat onalari bilan birga qo‘yib yuborishni, G‘azodan garovga olingan keksalarni ham ozod qilishni talab qilmoqda, biroq o‘z qamoqxonalaridagi keksa falastinlik mahbuslarni ozod qilishga rozi emas. Bunga javoban HAMAS isroillik keksalarni ozod qilishdan bosh tortdi.

9-noyabrda Barnea Qatarda Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns va mamlakat rasmiylari bilan birgalikda HAMAS tomonidan G‘azoda garovga olingan 10-20 nafar odamni ozod qilish shartlarini muhokama qilgani haqida xabar berildi.

15-noyabr kuni Reuters agentligi HAMAS Isroil bilan kelishuvning umumiy shartlariga rozi bo‘lgani, u G‘azo sektorida uch kunlik otashkesim evaziga 50 ga yaqin garovga olinganlarni ozod qilishni nazarda tutishi ta’kidlandi. 

Isroil ham yahudiy davlatidagi qamoqxonalarda saqlanayotgan ba’zi falastinlik ayollar va bolalarni ozod qilish, sektorga kelayotgan gumanitar yordam hajmini oshirishi kerak bo‘ladi. Biroq Isroil rasmiylari hali kelishuv shartlariga rozi bo‘lmagan va tafsilotlarni muhokama qilishda davom etmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »