Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Isroilni G‘azo sektorida ayollar, bolalar va go‘daklar o‘ldirilishini to‘xtatishga chaqirdi. Bu esa isroillik hamkasbining qarshi reaksiyasiga sabab bo‘ldi. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.

Foto: Reuters

Tryudo G‘azodagi yurakni og‘rituvchi vaziyatdan afsusdaligini bildirib, “adolatning bahosi barcha Falastinlik tinch aholining davom etayotgan azobi bo‘lishi mumkin emas”ligini ta’kidladi. 

“Hatto urushning ham qoidalari bor. Barcha begunoh insonlarning hayotlari teng, isroilliklarning ham, falastinliklarning ham”, — dedi u.

Kanada bosh vaziri Isroilni G‘azo sektorida HAMASga qarshi kurashda “maksimal vazminlikka” chaqirib, dunyo kuzatyotganini eslatdi.

“Biz shifokorlar, tirik qolganlarning oila a‘zolari va ota-onasidan ayrilgan bolalarning ko‘rsatmalarini tinglayapmiz. Dunyo ayollar, bolalar va go‘daklar o‘ldirilishiga guvoh bo‘lmoqda. Buni to‘xtatish kerak”, — dedi u.

Isroil Tryudoga javob qaytardi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, “tinch aholini ataylab nishonga olgan Isroil emas, balki Xolokostdan keyin yahudiylarga nisbatan sodir bo‘lgan eng dahshatli voqeada tinch aholining boshini kesgan, yoqib yuborgan va qirg‘in qilgan HAMAS” ekanini aytdi. 

“Isroil tinch aholini xavf-xatardan himoya qilish uchun hamma narsani qilmoqda, HAMAS esa aksincha. Isroil G‘azodagi tinch aholini gumanitar yo‘laklar va xavfsiz zonalar bilan ta’minlaydi, HAMAS esa ularning qurol bilan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Isroil emas, HAMAS ikki tomonlama urush jinoyati — tinch aholi orqasida yashiringan holda tinch aholini nishonga olish uchun javobgarlikka tortilishi kerak”, — dedi Isroil bosh vaziri.

Shuningdek, Netanyaxu “sivilizatsiya kuchlari HAMAS vahshiyligini yengishda Isroilni qo‘llab-quvvatlashi kerak”ligini da’vo qildi.

Fransiya prezidenti ham Isroilni ayollar va bolalarni o‘ldirmaslikka chaqirgandi

Makronning taʼkidlashicha, Fransiya HAMASning terrorchilik harakatlarini aniq qoralaydi, biroq Isroilning o‘zini himoya qilish huquqini tan olib, uni G‘azodagi bombardimonlarni to‘xtatishga chaqiradi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning idorasi Makronning bayonotiga tezda javob berib, davlatlar Isroilni emas, HAMASni qoralashi kerakligini aytgandi.

“Tinch aholiga yetkazilgan har qanday zarar uchun javobgarlik Isroil emas, HAMAS zimmasiga yuklatiladi”, — degan Netanyaxu.

Yelisey saroyida jurnalistlar bilan suhbatlashgan Makronning so‘zlariga ko‘ra, G‘azo sektorini bombardimon qilish uchun “hech qanday asos” yo‘q va o‘t ochishni to‘xtatish “Isroilga foyda keltiradi”.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »