Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bahrayn o‘z elchisini Isroildan chaqirib oldi va yahudiy davlati bilan iqtisodiy aloqalarini uzdi. Bu haqda Bahrayn Vakillar kengashiga tayanib, Arab News xabar berdi.

Foto: Thee Current
“Bu qirol oliy hazratlari barcha konferensiya va tadbirlarda ta’kidlaganidek, birodar Falastin xalqining qonuniy huquqlarini qo‘llab-quvvatlash borasida Bahraynning mustahkam tarixiy pozitsiyasi tasdig‘idir”, — dedi qonunchilar.


Isroilning Bahrayndagi elchisi ham qirollikni tark etgan.

“Jangovar harakatlarni davom ettirish, xalqaro gumanitar qonunlarga rioya qilmaslik nuqtayi nazaridan Isroilning davom etayotgan eskalatsiyasi Bahraynni Falastin tinch aholisining hayotini saqlab qolishga qaratilgan ko‘proq qarorlar va choralar ko‘rishga majbur qilmoqda”, — deyiladi bayonotda.

Bahrayn 2020-yilda arab dunyosi davlatlari va Tel-Aviv o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash maqsadida AQSH tashabbusi bilan tuzilgan Ibrohim kelishuvlari doirasida Isroil bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan.

Avvalroq mintaqadagi vaziyat yomonlashgani sababli Iordaniya, Kolumbiya va Chili Isroildan o‘z elchilarini chaqirib olgan, Boliviya esa yahudiy davlati bilan aloqalarini uzganini e’lon qilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »