Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In rasmiylarga falastinliklarni qo‘llab-quvvatlashni buyurdi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi. 

Foto: KCNA

Ma’lum qilinishicha, KXDR yetakchisi Yaqin Sharqdagi jangari guruhlarga qurol sotish imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkin. 

“Shimoliy Koreya o‘tmishda HAMASga tankka qarshi raketa otish moslamalarini sotgan va Pxenyan G‘azoga urush davrida ko‘proq qurol eksport qilishga urinishi ehtimoli bor”, — deyiladi xabarda.

Janubiy Koreya harbiylari 7-oktyabrdagi hujum suratlari va videolariga asoslanib, HAMAS Shimoliy Koreyaning turli qurollaridan foydalanganini iddao qiladi. Pxenyan bu ayblovlarni yolg‘on deya rad etgan.

Avvalroq Janubiy Koreya razvedkasi KXDR HAMASga Isroilga qarshi urushda “yordam” berishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandi. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In yopiq eshiklar ortida o‘tkazilgan audit yig‘ilishida rasmiylarga Falastinga har tomonlama yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rishni buyurgani bo‘yicha belgilar bor. Aynan qanday yordam haqida gap ketayotgani hozircha noma’lum.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »