Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Koreya 2023-yil boshidagi ikki muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng ayg‘oqchi sun’iy yo‘ldoshini qayta uchirishga tayyorgarlikning yakuniy bosqichida turibdi.

Foto: KCNA

Muvaffaqiyatsiz urinishlardan so‘ng Shimoliy Koreya yangi apparatni uchirishga deyarli tayyor, deb xabar bermoqda Yonhap Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmatiga tayanib.

Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya Rossiyadan texnologik yordam olgan, shuning uchun bu safar muvaffaqiyatga erishish ehtimoli yuqoriroq bo‘lishi mumkin. Koinot texnologiyalari borasidagi yordam Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida sentyabrda bo‘lib o‘tgan sammit natijalaridan biri bo‘lgan deb ishonilmoqda.

Shunga qaramay, Shimoliy Koreya hanuz imkoniyatlar va texnologiya yetishmasligidan aziyat chekmoqda. Mamlakat hali qit’alararo ballistik raketa uchun zarur bo‘lgan texnologiyalar va bir nechta jangovar kallaklarni o‘zlashtirmagan, deb ta’kidladi Janubiy Koreya razvedkasi.

Razvedka xizmati Shimoliy Koreya va Rossiya o‘rtasidagi ehtimoliy qurol va texnologiya savdosi haqidagi ma’lumotlar bilan ham bo‘lishdi. Taxminlarga ko‘ra, avgust oyi boshidan beri KXDR Rossiyaga 10 partiyaga yaqin miqdorda 1 milliondan ortiq artilleriya snaryadlari va boshqa qurollarni yetkazib bergan, Rossiya ulardan Ukrainadagi urushda foydalangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »