Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

KXDR Oliy xalq assambleyasi konstitutsiyaga Shimoliy Koreyaning yadroviy davlat maqomini mustahkamlovchi o‘zgartirishlarni qabul qildi.

Foto: KCNA

CNN maʼlumotlariga ko‘ra, ushbu o‘zgartirishlar Shimoliy Koreyaning atom qurollari arsenalini oshirishini va bundan buyon o‘zini to‘laqonli yadroviy davlat deb bilishini nazarda tutadi. Tuzatishlar ikki kunlik muhokamadan so‘ng qabul qilindi.

Telekanal qayd etishicha, bu qaror KXDRning avval Kim Chen In e’lon qilgan pozitsiyasini mustahkamlaydi: Shimoliy Koreya yadro quroliga “abadiy” egalik qilmoqchi, Janubiy Koreya, AQSH va G‘arb davlatlarining talabiga qaramay, undan voz kechish niyatida emas.

Avvalroq Kim Chen In AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreya o‘rtasidagi hamkorlik KXDR uchun “eng yomon tahdid” ekanini ma’lum qilgandi. Tuzatishlar qabul qilingan Oliy xalq assambleyasida Kim yadroviy maqomning tan olinishini Shimoliy Koreyaning mudofaa qobiliyatini oshiradigan va milliy manfaatlarni himoya qiladigan tarixiy voqea deb atadi.

Shimoliy Koreya oxirgi marta 2017-yilda yadro sinovlarini o‘tkazgan. 2018-yilda Kim Chen In AQSHning o‘sha paytdagi prezidenti Donald Tramp bilan muzokaralarda ishtirok etgan, muzokaralar davomida Shimoliy Koreyaning atom bombalarini ishlab chiqishdan voz kechishi ehtimoli muhokama qilingan, biroq kelishuvlarga erishilmagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »