Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Milliy xavfsizlik kengashi vakili Jon Kirbi Shimoliy Koreya tomonidan Rossiyaga qurol-yaroq yetkazib berilishini “xavotirli” deb atadi.

Foto: Reuters

Oq uy isbot sifatida Shimoliy Koreyada ekani aytilgan ombordagi o‘q-dorilar partiyasi suratini e’lon qilgan. Snaryadlar Rossiya bayrog‘i ostida suzgan kemaga yuklangan, keyin esa mamlakatning janubi-g‘arbiy chegarasidagi omborga yetkazilgan. AQSH ma’lumotlarda ko‘ra, KXDR 7-sentyabrdan 1-oktyabrga qadar harbiy o‘q-dorilar ortilgan 1000 dan ortiq konteynerni yuborgan.

 “Biz KXDRni Ukraina shaharlarga hujumlar, tinch aholining o‘ldirilishi va noqonuniy urushning davom ettirilishiga xizmat qiladigan harbiy texnikalarni Rossiyaga yetkazib berayotganini qoralaymiz”, — deydi Kirbi.

Rossiya va KXDR o‘rtasida yuk tashuvlari hajmi keskin oshgani haqida avvalroq Beyond Parallel tahliliy loyihasi yozgandi. Sun’iy yo‘ldoshlardan olingan suratlar tahlili ham bundan dalolat bermoqda. Masalan, KXDRning Rossiya bila bilan chegarasidagi Tumangan temiryo‘l punktida 73 ta yuk vagoni qayd etilgan.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In sentyabr oyi o‘rtalarida Rossiyada qariyb bir haftalik tashrif bilan bo‘ldi. Safari davomida u Putin bilan uchrashdi, Rossiyaning ilg‘or aviatexnologiyalari bilan tanishdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »