Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil muxolifati yetakchisi Yair Lapid bosh vazir Binyamin Netanyaxuni almashtirish vaqti kelganini aytdi. Bu haqda Al-Arabia xabar berdi. 

Isroil muxolifati yetakchisi Yair Lapid
Foto: Reuters


Lapidning so‘zlariga ko‘ra, Netanyaxuning o‘ng qanot Likud partiyasi boshchiligidagi birlik hukumatini tuzish keng qo‘llab-quvvatlanadi. O‘tgan yili qisqa muddat bosh vazir bo‘lib ishlagan Lapid Knessetdagi (parlament) 120 nafar qonunchilarning mutlaq ko‘pchiligi bunday koalitsiyani imzolashiga ishonishini aytdi.

Uning bayonoti HAMASning 7-oktyabr kuni Isroil janubiga hujumi ortidan Isroil G‘azodagi harbiy hujumni davom ettirayotgani fonida yangradi.

“Vaqt keldi — biz milliy qayta qurish hukumatini tuzishimiz kerak. Uni Likud boshqaradi, Netanyaxu va ekstremistlar almashtiriladi, Knessetning 90 dan ortiq a’zosi aloqani tiklash bo‘yicha koalitsiyada sherik bo‘ladi”, — dedi Lapid.

Netanyaxuning Likud partiyasi Isroilning hukmron koalitsiyadagi eng yirik partiyasi bo‘lib, u o‘ta millatchi va diniy partiyalarni o‘z ichiga oladi. Ular birgalikda parlamentdagi 64 o‘rinni nazorat qiladi.

Lapid urush boshida Netanyaxuning harbiy kabinetiga qo‘shilishdan bosh tortdi, garchi boshqa qonunchilar bunga rozi bo‘ldi.

“Odamlarning hozir vaqti emas, deganlarini eshitaman. 40 kun kutdik, endi vaqt yo‘q. Bizga hozir xavfsizlik va iqtisodiyotdan boshqa narsaga e’tibor qaratmaydigan hukumat kerak. Bu hukumat ishlamayapti. Bizga o‘zgarishlar kerak. Netanyaxu bosh vazir bo‘lishda davom eta olmaydi. Jamoatchilik ishonmaydigan bosh vazir bilan uzoq muddatli kampaniya o‘tkazishga ruxsat bera olmaymiz”, — deb yozdi Lapid X sahifasida.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »