Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropa Ittifoqi G‘azo sektori ustidan nazoratni Falastin ma’muriyatiga topshirish tarafdori. Bu haqda Yevropa Tashqi ishlar vazirligi rahbari Jozep Borrel ma’lum qildi.

Foto: Getty Images
“Isroil va HAMAS G’azoda qolmasligi kerak. Nazoratni o‘z qo‘liga olishi va aholiga xizmat ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yagona variant — Falastin ma’muriyati. Aslida Falastin maʼmuriyati G‘azo sektorini hech qachon tark etmagan”, — dedi diplomat.

Jozep Borrel Isroil G‘azo sektorini bombardimon qilishda urush qoidalarini hisobga olishi kerakligini qo‘shimcha qildi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bir necha bor G’azoning Falastin ma’muriyati nazoratiga o‘tkazilishiga qarshi chiqqan, bunga G‘arbiy Sohildagi ma’muriyat rahbari Mahmud Abbos haligacha “HAMASni qoralamagani” sabab qilib ko‘rsatilgan.

Abbosning o‘zi noyabr oyi boshida AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda sektorni boshqarishda yordam berishga tayyorligini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »