Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil armiyasi va HAMAS o‘rtasida o‘t ochish vaqtinchalik to‘xtatilishi  e’lon qilindi.

“Al Shark” gazetasining xabar berishicha, o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv 5 kun davom etadi.

HAMAS Isroil qamoqxonalaridagi 30 nafar falastinlik mahbus evaziga har kuni 10 nafardan garovga olinganlarni ozod qilishga rozi bo‘ldi.

 
Foto: Google Images

O‘z navbatida, Isroil G‘azo sektorida qamalda qolgan aholiga insonparvarlik yordamini yetkazish uchun kuniga 100 dan 300 tagacha yuk mashinasiga ruxsat berishga rozi bo‘ldi.

Jerusalem Post gazetasi isroillik rasmiyga tayanib xabar qilishicha, jami garovga olingan 53 nafar isroillik , jumladan, 40 nafar bola va 13 nafar ayol ozod etiladi.

CNN avvalroq garovdagilarni ozod qilish bo‘yicha tomonlar o‘rtasida 21-noyabr kuni kelishuvga erishilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Biroq telekanal o‘t ochishni to‘xtatish sharti sifatida garovga olingan 50 nafar inson, jumladan, ayollar va bolalar 3 nafar falastinlik mahbus evaziga ozod qilinishini ma’lum qildi.

Isroil rasmiylariga ko‘ra, HAMAS 240-250 kishini garovda ushlab turibdi. Bular asosan Isroil fuqarolari.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »