Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Eron hukumati Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urushda bevosita ishtirok etish niyatida emas, ammo mamlakat harakat a’zolarini “siyosiy va ma’naviy” jifatdan qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi. Bu haqda Reuters agentligi har ikki tarafning vakili bo‘lgan uch nafar amaldorga tayanib xabar berdi.

Foto: Reuters

Qayd etilishicha, noyabr boshida HAMAS yetakchisi Ismoil Xoniya bilan noyabr boshida uchrashgan Eron oliy rahnomosi Oyatulloh Ali Xomanaiy unga aniq maqsadini aytgan: “sizlar 7-oktyabr kuni Isroilga hujum qilmoqchi ekanliklariz haqida bizni ogohlantirmadingiz va biz nomingizdan urushga qo‘shilmaymiz”.

Agentlikning HAMASdagi manbasiga ko‘ra, o‘sha uchrashuvda Eron yetakchisi suhbatdoshiga bosim o‘tkazib, Eron va Livanning “Hizbulloh” guruhini Isroilga qarshi urushga to‘liq kuchlari bilan qo‘shilishga chaqirayotgan falastinliklar ovozini o‘chirishga chaqirgan.

Ta’kidlanishicha, “Hizbulloh” ham HAMASning Isroilga qarshi hujumidan bexabar bo‘lgan. Guruhga aloqador manbalarning aytishicha, HAMAS Isroilga hujum uyushtirgan kunda guruh a’zolari chegara yaqinida bo‘lmagan, shu boisdan ularni favqulodda chaqirishga to‘‘ri kelgan.

Mazkur vaziyatga qaramay, Eron o‘z qurolli guruhlari, jumladan, “Hizbulloh” orqali AQSH va Isroilning Yaqin Sharqdagi nishonlariga raketa hamda dronlar orqali hujumlarini davom ettirish niyatida.

Avvalroq Eron prezidenti Ibrohim Raisiy noyabr oyi boshida HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya bilan uchrashuvda harakat vakillaridan Tehron va Livanning “Hizbulloh” partiyasiga murojaat qilib, Isroil bilan urushga kirishish haqidagi ommaviy chaqiriqlarni bas qilishni talab qilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »