Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev intim xizmat ko‘rsatish uchun fohishaxonalarga borgan amaldor va tadbirkorlarni fosh qilishga va’da berdi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Foto: Manas News

Tashiyev amaldorlarning mavqeyiga qaramay, ularning yuzlarini ochishini ma’lum qildi.

“Biz u yoki bu amaldor, tadbirkor, deputatning bunday ishlarga aloqasi borligini ko‘rsatamiz. Men hammani ogohlantiraman, toki biz bunday ishlarga qarshi kurashamizni bilsin”, — dedi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari.

U boshqarma kimlar fohishaxonalarga borishi va fohishalar xizmatidan foydalanishini aniqlaganini aytdi. Ular orasida Jo‘qorg‘u Kenesh deputatlari, sobiq deputatlar, deputatlarning yordamchi va maslahatchilari, amaldagi amaldorlar, tadbirkorlar, davlat va jamoat arboblari bor.

Tashiyev Qirg‘izistonda hech kim qirg‘iz ayollarining intim xizmatlaridan foydalana olmasligini taʼkidladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »