Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev politsiya xodimlari va mahalliy amaldorlardan 1-dekabrga qadar barcha fohishaxonalar va boshqa jinsiy aloqa xizmatlari ko‘rsatuvchi ko‘ngilochar muassasalarni yopishni talab qildi. Bu haqda maxsus xizmat rahbari 30-noyabr kuni MXDQning Baliqchi shahridagi yangi binosining ochilish marosimida ma’lum qildi, deb yozadi “24.kg” huquq-tartibot idorasiga tayanib.

Foto: “Knews.kg”

Tashiyev o‘z qo‘l ostidagilaridan mahalliy hokimiyat organlarining jinsiy aloqa xizmatlari ko‘rsatuvchi hammom majmualari va uylarning noqonuniy faoliyatini qanday nazorat qilishiga alohida eʼtibor qaratishni so‘radi. Uning taʼkidlashicha, davlat va munitsipal organlar rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga 1-dekabrga qadar mamlakatdagi barcha bunday muassasalar faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha topshiriq berilgan.

“Agar Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi fohishaxona faoliyatini davom ettirayotganini aniqlasa, mahalliy hokimliklarning masʼul xodimlari ishdan bo‘shatiladi”, — dedi Tashiyev.

Xavfsizlik xodimi o‘z nutqida jinsiy aloqa xizmati ko‘rsatuvchi qizlarning shaxsi haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Xususan, ular orasida go‘zallik tanlovlari ishtirokchilari, yuz minglab obunachiga ega blogerlar, tadbirkorlar va amaldorlarning qizlari borligini aytdi. Razvedka xizmati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, boylarga xizmat qilgan 200 nafar elita fohishalari aniqlangan va ular soatiga 500 dollardan 3000 dollargacha pul undirgan. Tashiyevning aniqlik kiritishicha, ish nafaqat huquqbuzarlar, balki ularning ota-onalari bilan ham olib boriladi. Ofitser, shuningdek, bunday qizlar xizmatidan foydalanadigan deputatlar va davlat xizmatchilarining yuzlarini ommaga oshkor qilish bilan tahdid qildi.

“Mamlakatimizda endi hech kimga ayollarimizdan intim xizmat ko‘rsatilmaydi”, — deya xulosa qildi Tashiyev.

Davlat qo‘mitasi rahbari bunday xizmatlarga qarshi kurashish bilan bir qatorda sud-huquq tizimida poraxo‘rlikning oldini olish va qirg‘iz-tojik chegarasida kontrabandaga barham berish qo‘mitaning ustuvor vazifasi ekanini qo‘shimcha qildi.

So‘nggi bir necha kun ichida Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari yirik shaharlardagi fohishaxonalarda reydlar o‘tkazdi. Xususan, bir kecha-kunduzda Bishkekda o‘nta shunga o‘xshash muassasa topildi, ulardan ba’zilari massaj salonlari sifatida “niqoblangan”. Xavfsizlik kuchlari fohishaxona egalari va ularning ishchilarini sharmanda qilish uchun ularning yuzlarini ommaviy saytlarda chop etishga va’da berdi. Natijada internetda qizlar va ularning pasportlari tushirilgan yuzga yaqin fotosuratlar paydo bo‘ldi, ba’zi kadrlarda qirg‘izistonlik ayollar qo‘llarida ota-onalarining ismlari va shaxsiy telefon raqamlari yozilgan qog‘oz varaqlarini ushlab turgan.

Razvedka xizmatining xatti-harakatlari turli xil reaksiyaga sabab bo‘ldi, ko‘plab foydalanuvchilar qo‘mita a’zolarini axloqiy me’yorlar va shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunni buzganlikda tanqid qilishdi. O‘z navbatida, Respublika Ombudsman instituti fotosuratlarning e’lon qilinishiga salbiy baho berib, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasini “ularning (fohishaxonalardagi qizlarning) yuzlarini ko‘rsatmaslikka va shaxsiy ma’lumotlarni e’lon qilmaslikka chaqirdi.

“Bu ularning qonun bilan belgilangan huquqlari buzilishidir”, — deb ta’kidladi muassasa.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »