Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Aktrisa Zarina Yo‘ldosheva Yutubedagi “Yashin TV” kanaliga bergan intervyusida ilk marta otasining o‘limi, mehribonlik uyidan uni asrab olishmoqchi bo‘lishgani va partnyori bilan jiddiy muammoga borgani haqida gapirdi.

Foto: Instagram / @zarina_yuldashova

— Otam o‘lganida 8 yoshda edim. Onam dadam bilan birga uzoq vaqt kasalxonada bo‘lgan. Biz singlim bilan buvimning uyida bo‘lganmiz. Bir kuni o‘ynab yurganimda amakim kelib, dadamning vafot etgani haqida aytib qolgan, ammo u paytda vaziyatni to‘liq his qilmaganman. Keyin otamning mayiti buvimning uyidan olib ketilayotganida dadam bilan xayrlashib olishimni aytishgan. O‘shandagina dadamning qaytib kelmasligini his qilganman. “Dadam bilan ketaman”, deb rosa harhasha qilganman, ammalarim ushlab qolishgan.

Undan keyin 12 yoshimda onam ham og‘ir kasallik sabab vafot etgan. Uch bolaga qarash qiyin bo‘lgani uchun buvim mehribonlik uyiga topshirishga majbur bo‘lgan. O‘shanda meni asrab olish uchun er-xotin kelishgan, ammo ular bilan ketishni istamaganman. “Mening ukam bilan singlim bor. Qarindosh-urug‘larim bizni olib ketishadi”, deganman. Shundan keyin ular kichik yoshdagi qizlardan birini asrab olishgan, — deydi aktrisa Zarina Yo‘ldosheva.

Aktrisa eng katta musibatni bolaligida his qilgani, 12 yoshida onasiga osma ukol qilishga majbur bo‘lgani haqida gapirdi.

Foto: Instagram / @zarina_yuldashova

— Negadir buvim onamni o‘qitishni istamagan ekan. Kollejlarga imtihon topshiriadigan kuni onamni xonasiga kiritib, ustidan qulflab qo‘ygan ekan. O‘shanda onam derazadan qochib bo‘lsa-da, imtihonga borgan ekan. U SESda ishlardi, qo‘li yengil hamshira edi. Dadam kasal bo‘lganida ham asosiy muolajalarni o‘zi qilgan ekan. Onam xastalanib qolganida ukol qilishni o‘rgatib qo‘ygandi. 12 yosh bo‘lsam ham, osma ukollarini o‘zim qilardim.

Hayotimdagi eng og‘ir kun onam o‘lganida sodir bo‘lgan. Shuning uchun hozir biror qiyin vaziyatga tushsam, u qadar tushkunlikka tushmayman. Chunki hayotimda undan bir necha bor qiyin kunlar sodir bo‘lgan.

“Raqqosa bo‘laman”, deganimda buvim jiddiy qarshilik qilgan. O‘shanda tog‘am “Bu qiz onasiga tortgan, yo‘q desangiz, qochib bo‘lsa ham, imtihonlariga boradi”, degandi. Feʼl-atvorim onamga o‘xshaydi, qilaman degan ishimning uddasidan chiqaman, — deydi Zarina Yo‘ldosheva.

Zarina Yo‘ldosheva va Shahzod Sultonov munosabatlari ko‘p marta muhokamalarga sabab bo‘lgan. Ammo Zarina aktyor haqida gapirishni istamasligini aytdi.

— U haqida gapirishni istamayman. Iltimos, menga u aktyor haqida hech qanday savollarni bermang. Nimadir bilmoqchi bo‘lsangiz, uning o‘zidan so‘rang, — deydi aktrisa.

Aktrisa o‘zidan avval singlisini turmushga bergani va endilikdagi rejalari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Foto: Instagram / @zarina_yuldashova

— Avvaldan singlimni turmushga berib, keyin o‘zim turmushga chiqaman deganman. 23 yoshda singlimga ota-ona bo‘lib turmushga berdim. Menimcha, endi kun kelib o‘zim farzandlarimga to‘y qiladigan bo‘lsam, qiynalmasam kerak. Qarindoshlar ham kulib “quda xola” deyishadi. Chunki qizni qanday uzatish borasida tajribam bor. Endi o‘zim turmushga chiqib, keyin ukamni uylantirish niyatim bor. Hozir ukam institutda o‘qiyapti. Ammo turmushga chiqishdan avval Toshkentdan uy olishni va uni ukamga qoldirishni niyat qilganman, — deydi aktrisa Zarina Yo‘ldosheva.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »