Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yangi yil yaqinlashib qoldi, bayramona muhitni his qilishga yordam beradigan sevimli filmlar ro‘yxatini tuzishning ayni vaqti.

“Yangi Rojdestvo ertagi”

Foto: Filmdan kadr

Film Charlz Dikkensning “Rojdestvo qo‘shiqlari” asari asosida suratga olingan. Bosh qahramon Frenk boy, takabbur tadbirkor. Rojdestvodan bir kun oldin u uchta ruhga duch keladi — Rojdestvo o‘tmishi, buguni va kelajak. Bu ruhlar bayramlarning asl ma’nosini ochishga va Frenkning hayotga bo‘lgan qarashlarini o‘zgartirishga harakat qiladi. Sayohat yordamida Frank o‘tmishda qilgan yomon ishlari boshqa odamlarga qanday ta‘sir qilganini o‘z ko‘zi bilan ko‘radi.

“Klaus”

Foto: Filmdan kadr

Multfilm xudbin pochta xodimi Jasper haqida hikoya qiladi. Otasi o‘g‘lida pochtachilikka mehr uyg‘otish uchun bor kuchi bilan harakat qiladi. Biroq Jasper bunga mutlaqo qiziqmaydi. Shundan so‘ng beg‘am o‘g‘liga saboq berish maqsadida otasi uni Arktikadan tashqarida joylashgan kichik shaharchaga yuboradi.

Bu shaharda Jasper sirli o‘yinchoq ishlab chiqaruvchi Klaus bilan tanishadi. Ular birgalikda butun shahar bo‘ylab bolalarga o‘yinchoqlar yetkazib berishni boshlaydi va bu voqealar barchaning hayotini tubdan o‘zgartiradi.

“Rojdestvo ta’tili”

Foto: Filmdan kadr

Ushbu film Grisvoldlar oilasining Rojdestvo bayramidagi sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. Bosh qahramon Klark Grisvold mukammal oilaviy bayram o‘tkazishga qaror qiladi va barcha qarindoshlarini uyiga taklif qiladi. Biroq sa’y-harakatlariga qaramay, hammasi rejalashtirilganidek ketmaydi: gulchambar bilan bog‘liq muammolardan tortib, odamni o‘g‘irlashgacha yuz beradi.

“Maxfiy qorbobo xizmati”

Foto: Filmdan kadr

Syujet voqealari Santa Klausning kenja o‘g‘li Artur atrofida sodir bo‘ladi. Artur o‘zini ko‘rsatishga ishtiyoqmand, lekin oilada hech kim uni jiddiy qabul qilmaydi. Rojdestvo arafasida u butun yil davomida yaxshi xulqli bo‘lgan Gven ismli qizning xatini topib oladi. Biroq xatolik tufayli endi qizcha bayram sovg‘asisiz qolishi mumkin. Natijada Artur qizchaga sovg‘asini topshirish uchun xavfli ishga bel bog‘laydi.

“Santa Klaus”

Foto: Filmdan kadr

Film bosh qahramoni Skott Kelvin xotini bilan yaqinda ajrashgan. U o‘zaro munosabatlarini mustahkamlash umidida o‘g‘lini Rojdestvo bayramiga olib boradi. Biroq Rojdestvo arafasida u uy tomida g‘alati cholni ko‘rib qoladi. Skott uni qo‘rqitib yuboradi va qorbobo yurak xurujiga uchraydi. Shunda qahramon bu cholning Santa Klaus ekanligini tushunadi. Endi bosh qahramon barcha mas’uliyatini o‘z zimmasiga olishi kerak: Shimoliy qutbga sayohat qilishi, elflar bilan ishlashi va butun dunyo bo‘ylab sovg‘alarni yetkazib berish uning bo‘ynida.

“Yomon Santa”

Foto: Filmdan kadr

Bu qora komediya Uill va Terman hayoti haqida. Uill — hech omadi kelmaydigan firibgar. U sherigi bilan birgalikda savdo markazida Santa Klaus bo‘lib ishlaydi. Ular do‘kon o‘marishni rejalashtirgan. Biroq qo‘polligi va axloqsiz xatti-harakatlariga qaramay, Uilli g‘alati bola — Terman bilan til topishadi. Terman Uillidan yaxshi narsalar o‘rganadi va hayotini o‘zgartirishga harakat qiladi.

“Chin muhabbat”

Foto: Filmdan kadr

Film Londonda Rojdestvo mavsumida sodir bo‘lgan bir nechta hikoyalardan iborat. Qahramonlar orasida o‘z xodimiga oshiq bo‘lgan bosh vazir; oilaviy hayoti ko‘z o‘ngida parchalanib borayotgan bolalar yozuvchisi; to‘yga tayyorgarlik ko‘rayotgan er-xotin va boshqalar bor. Rojdestvo arafasida barcha qahramonlarning taqdiri bir-biri bilan chambarchas bog‘liqligi esa hech kimning xayoliga ham kelmaydi.

“Elf”

Foto: Filmdan kadr

Film Baddi ismli elf haqida hikoya qiladi, u Shimoliy qutbda elflar tomonidan tarbiyalangan. U boshqa elflarga o‘xshamasligi ayon bo‘lgach, haqiqiy otasini topish uchun Nyu-Yorkka boradi. Baddi bolalarcha soddalik va beg‘uborlikka to‘la. U katta shahar hayotiga moslashishga harakat qiladi, otasi esa Rojdestvo mo‘jizalariga ishonmaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »