Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ko‘pchilik Leonardo Di Kaprio faoliyatini afsonaviy “Titanik” filmi bilan bog‘laydi. Shubhasiz, bu shedevr asar, ammo aktyor ishtirokidagi boshqa mashhur filmlar ham talaygina.

“Uoll-strit bo‘risi”

Mazkur kinoni ko‘rmagan bo‘lsangiz ham film posterini ko‘rganingiz aniq. “Uoll-strit bo‘risi” filmida Di Kaprio Jordan Belfort rolini o‘ynaydi. Bu broker va aksiyadorning kulgili vaziyatlarga boy hayoti haqidagi film. Bank yopilgandan so‘ng, film qahramoni o‘z kompaniyasini ochadi, natijada juda tez daromad ko‘rishni boshlaydi. Endi uning puli ko‘p, har kuni bazm va barlarga boradi, turli ayollar bilan o‘ralashib qoladi. Ammo birdan FQB Belfortning tez muvaffaqiyati va turmush tarzi bilan qiziqib qoladi. Syujet voqealari shu qadar qiziqki mana, o‘n yil o‘tsa ham muxlislar ushbu filmni zavq bilan tomosha qilishadi.

 
 
Foto: Filmdan kadr
Foto: Filmdan kadr

“Omon qolgan”

“Omon qolgan” dramasida aktyor yovvoyi G‘arbning kimsasiz hududida og‘ir yaralangan ovchi Xyu Glass rolini o‘ynaydi. O‘rtog‘i unga xiyonat qilib, yolg‘iz o‘zini tashlab ketadi. Faqat mustahkam iroda kuchi qahramonga qahraton qishda omon qolishga yordam beradi. Film syujeti va tabiat tasvirlari qoningizni bir zumda muzlatib qo‘yadi. “Omon qolgan” filmi nihoyat aktyorga birinchi marta orzu qilingan haykalcha — “Oskar” mukofotini olib keladi.

Foto: Filmdan kadr
Foto: Filmdan kadr

“Gulli oy qotillari”

Shu yilning oktyabr oyida “Gulli oy qotillari” tarixiy kriminal dramasi ekranlarga chiqdi, unda Leo Ernest Burxart rolini ijro etdi. Loyiha shu qadar ommalashib ketdiki, uni bemalol aktyor karyerasidagi eng yorqin va esda qolarli rollar qatoriga kiritish mumkin.

Birinchi jahon urushidan keyin Fransiyada oshpazlik qilgan qahramon Oklaxomadagi amakisining oldiga keladi. U yirik yer egasi va chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Amakisi Ernestni badavlat oiladan bo‘lgan Molli Kayl bilan ishqiy munosabatda bo‘lishga ko‘ndiradi. Lekin bu munosabat ushbu oiladan qutulish va uning yerlariga egalik qilish huquqini qo‘lga kiritish uchungina edi. Nima deb o‘ylaysiz, qahramon rozi bo‘ladimi?

Foto: Filmdan kadr
Foto: Filmdan kadr

“Ustasi farang”

2002-yilda suratga olingan “Ustasi farang” komediyasi tomoshabinlarni befarq qoldirmagan, albatta. Real voqealarga asoslangan filmda Leo Frank Abegneyl rolini o‘ynaydi. Hali voyaga yetmagan qahramon shifokor, advokat va hatto uchuvchi bo‘lib ishlashga ulguradi. U yolg‘on va firibgarlik, hujjatlarni qalbakilashtirish va katta miqdordagi cheklarni noqonuniy ravishda naqdlashtirish bo‘yicha ustasi faranglardan. Shunga qaramay, FQB agenti Karl Xanratti jinoyatchini ushlash uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qiladi.

Foto: Filmdan kadr
Foto: Filmdan kadr

“Muqaddima”

Leoning filmografiyasidagi mashhur obrazlaridan yana biri 2010-yildagi “Muqaddima” filmi bo‘lib, unda aktyor Dom Kobb rolini o‘ynagan. U boshqa odamlarning ongsizligidan sir va g‘oyalarni o‘g‘irlash qobiliyatiga ega bo‘lgan ustomon o‘g‘ri. Sirlar, intrigalar, tergovlar har doim qiziqarli mavzu, shu sababdan ham mazkur kartina hech kimni befarq qoldirmaydi.

Foto: Filmdan kadr
Foto: Filmdan kadr

“Ozod Jango”

2012-yilda Di Kaprio “Ozod Jango” jangovar komediya filmida bosh rolni ijro etadi. Garchi asosiy voqealar boshqa qahramonlar ishtirokida sodir bo‘lsa-da, Leo ijro etgan boy, shafqatsiz quldor va antagonist Kelvin Kendi obrazi alohida e’tiborga loyiqdir. Uning xarakteri, hazil tuyg‘usi va turmush tarzi boshqalardan ajralib turadi, shu sababdan ham bu obrazni filmdagi yorqin rollardan biri deyish mumkin.

Foto: Filmdan kadr
Foto: Filmdan kadr

“Qonli olmos”

2006-yilda suratga olingan “Qonli olmos” sarguzasht dramasida Leonardo kontrabandachi Denni Archer rolini o‘ynaydi. U Afrikaning Serra-Leone respublikasida tartibsizlik va fuqarolar urushi bo‘layotgan bir paytda olmos izlaydi. Filmda juda ko‘p voqealar sodir bo‘ladi, kutilmagan syujet burilishlari hech bir tomoshabinni befarq qoldirmaydi.

Foto: Filmdan kadr
Foto: Filmdan kadr

“Murtadlar”

Muxlislarining fikriga ko‘ra, Leonardo filmografiyasidagi eng yaxshi film 2006-yilda ekranlarga chiqqan “Murtadlar” filmi hisoblanadi. Kartinada Di Kaprio o‘tmishi bilan maqtanolmaydigan politsiya maktabi bitiruvchisi Billi Kostigan rolini o‘ynaydi. Aynan u bo‘lim boshlig‘i Kvinan tomonidan ma’lumot olish maqsadida irlandiyalik gangsterlar guruhiga kirish uchun maxsus tayinlangan. Filmga Martin Skorseze rejissorlik qilgan, aktyor yana u bilan ishlashdan mamnun bo‘lganini alohida ta’kidlaydi.

Foto: Filmdan kadr
Foto: Filmdan kadr

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »