Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroilning HAMAS bilan urushi boshlangan 7-oktyabrdan sulh tuzilgan 24-dekabrgacha G‘azoda 5,3 mingdan ortiq bola halok bo‘ldi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) ijrochi direktori Ketrin Rassel ma’lum qildi.

Foto: YUNISEF
“Bu raqam bedarak yo‘qolgan va vayronalar ostida ko‘milib ketgan ko‘plab bolalarni o‘z ichiga olmaydi”, — dedi Rassel.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi amal qilgan yetti kun davomida bolalarda tirik qolishga “umid uyg‘ongan”. Ammo harbiy harakatlar qayta boshlandi. Rasselning fikricha, agar janglar avvalgidek keng ko‘lamli va shiddatli bo‘lsa, har kuni yuzlab bolalar qurbon bo‘ladi va yaralanadi.

Bundan tashqari, BMT rasmiysi mintaqaga suv, oziq-ovqat, dori-darmon, ko‘rpa-to‘shak va issiq kiyim yetkazib berilmasa, gumanitar falokat yuzaga kelishi haqida ogohlantirdi.

“Bugungi kunda G‘azo sektori yana bolalar uchun dunyodagi eng xavfli joyga aylandi. Dahshatli zo‘ravonlikdan yetti kunlik tanaffus qilinganidan so‘ng janglar qayta boshlandi. Oqibatda yanayam ko‘proq bolalar nobud bo‘lishi mumkin”, — dedi Rassel o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirib.

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi sulh 24-noyabrdan 1-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 10:00 gacha amal qildi. Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektorida janglar qayta boshlangani haqida xabar berib, HAMASni sulhni buzganlikda aybladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »