Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Harbiy harakatlar qayta boshlanganidan keyin Isroil armiyasi G‘azo sektoriga 200 dan ortiq zarba berdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Foto: Deutsche Welle

Isroil armiyasi bayonotida aytilishicha, so‘nggi bir necha soat ichida “quruqlik, havo va dengiz kuchlari G‘azo sektorining shimoli va janubidagi HAMAS nishonlariga, jumladan Xon Yunis va Rafahga zarbalar bergan”.

Isroil armiyasi “portlovchi moddalar bilan minalangan hududlar, HAMASning tunnel shaxtalari, uchirish maydonchalari va operativ qo‘mondonlik markazlariga” zarba berganini da’vo qilmoqda.

7-oktyabrdan beri davom etayotgan janglarda G‘azoda 15 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘ldi. Isroilda, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 1200 ga yaqinlashdi. Xalqaro vositachilar, shu jumladan, Qatar, Misr va AQSH tomonlar o‘rtasida sulhni qayta tiklashni va o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi. Keyinroq Qatar Tashqi ishlar vazirligi Isroil va Falastin o‘rtasida sulhga qaytish maqsadida muzokaralar davom etayotganini xabar qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »