Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropa Ittifoqi Falastin davlatini tan olishi kerak, chunki bu Isroil-Falastin mojarosiga barham berish va mintaqani “barqarorlashtirish”ga yordam beradi. Bu haqda Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanchesga tayanib, Al-Arabiya xabar berdi.

Pedro Sanches
Foto: EPA
“Biz bu inqirozga chek qo‘yish uchun siyosiy yechim topishimiz kerak, bundagi yechim, mening fikrimcha, Falastin davlatining tan olinishini talab qiladi. Ushbu masalani hal qilish Yevropa manfaati yo‘lidadir, chunki G‘azo sektorida ko‘rayotganlarimizni qabul qilib bo‘lmaydi, shuningdek, bu mintaqani barqarorlashtiruvchi geosiyosiy maqsaddir”, — dedi Ispaniya bosh vaziri.

Sanches tashqi siyosatdagi ustuvor vazifa “Yevropa va Ispaniyada Falastin davlatini tan olish uchun ishlash” ekanini aytgan. Agar Yevropa Ittifoqiga a’zo 27 davlat o‘rtasida konsensus bo‘lmasa, Sanches Madrid Falastin davlatini bir tomonlama tan olishni istisno qilmasligini bildirdi. 

Ispaniya parlamenti 2014-yilda Falastinni davlat sifatida tan olishga chaqiruvchi rezolyutsiyani yoqlab ovoz bergandi. Biroq ovoz berish majburiy emas edi va hech qanday kuzatuv bo‘lmagan.

“Vaziyat o‘zgardi”, — dedi Sanches va arab davlatlari Yevropa Ittifoqining pozitsiyasini tushunmayotganini aytdi.

“Yillar davomida biz Isroil qanday qilib Falastin hududini muntazam ravishda bosib olganini ko‘rdik”, — deya qo‘shimcha qildi u Isroilning turar joy qurilishiga ishora qilib.

Xalqaro Amnistiya tashkilotiga ko‘ra: “Isroilning tinch aholini bosib olingan Falastin hududiga joylashtirish va mahalliy aholini ko‘chirish siyosati xalqaro gumanitar huquqning asosiy qoidalariga ziddir”.

Isroil Madridni “terrorizmni” qo‘llab-quvvatlashda aybladi.

“Do‘st xalqlar haqiqatni aytishi kerak. Ammo biz Isroilga ham xalqaro huquqni hurmat qilishini aytishimiz kerak”, — dedi Sanches.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »