Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

HAMAS harakati dunyoning barcha davlatlarini falastinliklarga o‘z taqdirini o‘zi belgilash va poytaxti Quddus bo‘lgan mustaqil davlat yaratish huquqini berishga chaqirdi. Bu haqda harakat vakillari Telegram-kanalida yozgan.

“Biz dunyoning barcha davlatlarini Falastinni qo‘llab-quvvatlashga va xalqimizga o‘z taqdirini o‘zi belgilash hamda poytaxti Quddus bo‘lgan mustaqil davlat yaratish huquqini berishga chaqiramiz”, — deyiladi bayonotda.

Foto: Google Images

HAMAS, shuningdek, “Falastinliklar genotsidi”ga aloqadorlarni javobgarlikka tortishga chaqirdi. 19-noyabr kuni Turkiya prezidenti G‘azo sektoridagi genotsid bo‘yicha xalqaro sudga da’vo arizasi berish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi.

Bir kun avval Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches G‘azo sektoridagi “gumanitar falokatni to‘xtatish”ga chaqirib, Falastinni qo‘llab-quvvatlagandi. Shuningdek, u Belgiya bosh vaziri Aleksandr De Kroo bilan birgalikda uzoq muddatli gumanitar kelishuvlar va tinchlik bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi. Bunga javoban Isroil TIV Ispaniya va Belgiya elchilarini tushuntirish berish uchun chaqirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »