Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Isroil prezidenti Isaak Gertsog bilan rasmiy uchrashuv oldidan HAMAS harakati bilan tuzilgan sulh o‘z natijalarini berayotganini va AQSH bu jarayon davom etishiga umid qilishini aytdi. Bu haqda AQSH davlat departamenti xabar qildi.

Foto: CNN

“O‘tgan haftada biz garovga olinganlarning uylariga qaytishlari, oilalari bilan uchrashishlari bilan bog‘liq juda ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rdik va bu bugun ham davom etishi kerak. Shuningdek, bu G‘azodagi begunoh tinch aholiga juda zarur bo‘lgan insonparvarlik yordamini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi. Demak, bu jarayon o‘z natijalarini bermoqda, bu muhim va u davom etishiga umid qilamiz”, — dedi Blinken.

Davlat kotibi, shuningdek, Isroil hukumati bilan G‘azo sektoridagi keyingi harakatlar bo‘yicha batafsil muhokamalar bo‘lishini kutayotganini ta’kidladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »