Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

G‘azo sektoridagi sog‘liqni saqlash tizimi ta’mirlanmasa, portlashlardan ko‘ra ko‘proq odam kasallikdan o‘lishi mumkin. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga tayanib, Al-Arabiya xabar berdi.

Foto: AP Photo

Isroilning G‘azoni bombardimon qilishi oqibatida 15 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi, ularning 40 foizga yaqini bolalar.

“Agar sog‘liqni saqlash tizimini tiklay olmasak, odamlar bombardimondan ko‘ra ko‘proq kasallikdan o‘layotganini ko‘ramiz”, — dedi JSST vakili Margaret Xarris Jenevadagi BMT brifingida.

U yuqumli kasalliklar, xususan, diareya kasalliklari avj olishi haqidagi xavotirlarini takrorladi. G‘azo shimolidagi ko‘chirilgan aholining yashash sharoitlari haqidagi BMT hisobotiga iqtibos keltirgan holda, u shunday dedi: 

“Hech qanday dori-darmon, emlash tadbirlari yo‘q, xavfsiz suv, gigiyena va oziq-ovqatdan foydalanish imkoni yo‘q. Biz chaqaloqlar orasida diareya holatlarini juda ko‘p ko‘rdik”, — dedi u.

Margaret Xarris G‘azo shimolidagi Al-Shifo kasalxonasi faoliyati to‘xtaganini “fojia” deb ta’rifladi va JSST evakuatsiya karvoni paytida uning tibbiy xodimlarining bir qismi Isroil kuchlari tomonidan hibsga olinganidan xavotir bildirdi.

BMTning G‘azodagi bolalar agentligi matbuot kotibi Jeyms Elder G‘azodagi kasalxonalar urushdan yaralangan va iflos suv ichishdan gastroenterit bilan kasallangan bolalar bilan to‘lganini aytdi.

“Men juda ko‘p ota-onalarni uchratdim... Ular farzandlariga nima kerakligini yaxshi biladi. Ular xavfsiz suvga ega emaslar va bu jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi”, — dedi u.

U oyog‘ining bir qismidan ajralgan bolani bir necha soat davomida shifoxonada polda yotganini, tibbiy xodimlar yetishmasligi sababli davolanmaganini tasvirlab berdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »