Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

G‘azo sektoridagi ayrim yaradorlar dori taqchilligi va shifoxonalarga kirishda muammolar tufayli anesteziyasiz amputatsiya qilinmoqda. Bu haqda JSST vakili Kristian Lindmayerga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: BNN
“G‘azoda yaralanganlar anesteziyasiz amputatsiya qilinmoqda. Men proporsiyasini bilmayman, bu amputatsiyaning 10 foiz, 20 foiz yoki hatto bir foizini tashkil qilishi mumkin. Gap bunda emas, agar bu faqat bir marta sodir bo‘lsa ham, buni qabul qilib bo‘lmaydi”, — dedi u.

Brifing chog‘ida u G‘azoda anesteziya va boshqa maqsadlarda dori vositalari yetishmasligi, shifoxonalar gavjumligi, bu minglab yaradorlarning tibbiy yordam olishini qiyinlashtirayotganini tushuntirdi.

Bungacha Xalqaro qizil xoch qo‘mitasi G‘azo sektoridagi og‘ir yaralangan minglab tinch aholining shifoxonalarga borish imkoni yo‘qligini aytdi. Isroil hujumlari oqibatida G‘azoda halok bo‘lganlar soni 10 mingdan oshdi, ularning 4 mingdan ortig‘i bolalardir. Vayronalar ostida ikki mingdan ortiq odam qolmoqda, zarur texnika yetishmasligi sababli ularni qutqarish imkonsiz.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »