Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni G‘azo sektorining “qassobi” deb atadi. Bu haqda Haber Turk xabar berdi.

Foto: AFP

 

Turkiya prezidenti Isroil armiyasining Falastin anklaviga uyushtirgan hujumlarini “insoniyat tarixidagi eng xiyonatkor hujum” deb atadi.

“Ularning masjidlari bombardimon qilindi. Maktablari xarobaga aylantirildi. Ular boshpana sifatida foydalangan qochqinlar lagerlari ataylab hujumlar nishoniga aylandi. G‘azodagi birodarlarim insoniyat tarixidagi eng xiyonatkor hujumlarga duchor bo‘ldi.

Ular (Isroil harbiylari) butun insoniyat oldida genotsid qilishdi, odamlarni yoqib yuborishdi va yo‘q qilishdi. 2,3 million kishiga qarshi genotsid amalga oshirildi. G‘azoda hozirgi asrning eng katta vahshiyliklaridan birini sodir etgan Netanyaxu allaqachon G’azo qassobi sifatida o‘z nomini tarixga yozgan”, — dedi Turkiya rahbari.

Erdo‘g‘on Isroil hukumati G‘azo sektoridagi 2,3 million aholiga qarshi “genotsid” sodir etganini aytdi. U Netanyaxuni antisemitizmni qo‘zg‘atishda aybladi. U Isroil rasmiylari qonun oldida javob berishiga va’da berdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »