Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on G20 sammitida barcha yetakchilarni, isroillik-falastinlik, yahudiy, musulmon, xristian bo‘lishidan qat’i nazar, tinch aholi o‘limiga bir xil munosabatda bo‘lishga chaqirdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Erdo‘g‘on G‘azoda sodir bo‘layotgan fojia endilikda insoniyatning bag‘rikenglik chegarasidan oshib ketganini aytdi. 

Ikki kun oldin, 20-noyabr – Xalqaro bolalar huquqini himoya qilish kuni edi. Yetti mingga yaqin begunoh falastinlik bola, afsuski, bu kunni ko‘ra olmadi. Chunki Isroil ma’muriyati bu bolalar bilan birga 14 ming tinch aholining asosiy huquqi bo‘lgan “yashash huquqi”ni ulardan tortib oldi.
Falastinliklarni o‘z vatanidan ko‘chib ketishlariga majbur qildi; O‘limdan qutulish uchun so‘nggi umid bilan boshpana topgan kasalxonalari, maktablari va lagerlarini shafqatsizlarcha bombardimon qildi. Hatto bugungacha borligini rad etgan yadroviy bombalarini ishlatish bilan tahdid qilish darajasigacha o‘z nazoratlarini yo‘qotdi, — dedi Turkiya prezidenti.

Siyosatchi Isroil va HAMAS o‘rtasida 4 kunlik gumanitar tanaffus e’lon qilinishi hamda oz bo‘lsa-da, garovga olinganlar va mahbuslarni almashish haqidagi kelishuv ijobiy o‘zgarish ekanini bildirdi.

Oxirgi voqealar bilan birga 1967-yil chegaralariga asoslangan, poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan mustaqil Falastin davlatini barpo etish va Isroil bilan yonma-yon tinch yashash muhimligiga barchamiz yana bir bor guvoh bo‘ldik. Shu nuqtayi nazardan, sizlarni ikki davlat uchun yechimni o‘rnatish uchun tashabbus ko‘rsatishga chaqiraman, — dedi u.

Shuningdek, Erdo‘g‘on Turkiya G‘azodagi yaradorlarni, ayniqsa saraton kasallari va bolalarni Turkiyaga olib ketib davolashni davom ettirishini ta’kidladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »