Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 29-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va yo‘qotishlarni kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi videoselektorda O‘zbekistondagi suv xo‘jaligida “kanallarni betonlash bo‘yicha zarbdor yil” e’lon qilingan edi. Yig‘ilishda davlat rahbari viloyat va tuman hokimlariga bir yil ichida 3 ming 500 kilometr ichki tarmoqlarni beton qoplamaga o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berdi. Qarshi tumani hokimi Zoir Aliqulov prezident topshirig‘i ijrosini ta’minlashga kirishdi. 

Foto: Qarshi tumani hokimligi
Foto: Qarshi tumani hokimligi

Tuman hokimligi axborot xizmati rahbari To‘lqin Turdiyevning “Daryo”ga bildirishicha, kecha, 1-dekabr kuni tumanda suv xo‘jaligi kanallarini betonlash ishlari boshlab yuborilgan. 

Foto: Qarshi tumani hokimligi
Foto: Qarshi tumani hokimligi
Davlatimiz rahbari qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va yo‘qotishlarni kamaytirish masalalariga to‘xtalib, bir yil davomida suvni tejash bo‘yicha favqulodda ish tizimiga o‘tilishini ta’kidlagandi. Bunda birinchi muhim vazifa – kanal va ariqlarni betonlash ishlari etib belgilandi. Ushbu tashabbus tumanda ko‘tarinkilik bilan qarshi olindi. 1-dekabrdan boshlab tumanimizda kanallarni betonlash ishlariga jiddiy kirishildi. Erta tongdan yuzdan ortiq texnika va mingga yaqin hasharchilar jalb etilib, katta hashar ishlari boshlab yuborildi. Ishlar avvalida tuman hokimi boshchiligidagi rahbarlar nuroniylardan maslahat olib, boshlagan ishlari xayrli bo‘lishini tilashdi. Duolar qilinib, jonliq so‘yildi, — deydi To‘lqin Turdiyev. 
Foto: Qarshi tumani hokimligi
Foto: Qarshi tumani hokimligi

Mas’ulning bildirishicha, hasharda 100 dan ortiq turli texnika qatnashgan. 

Viloyatimiz O‘zbekiston bo‘yicha ko‘p suv iste’mol qiladigan hududlardan biri. Suvning yetib kelishi ham oson emas, yettita nasos stansiyasi orqali Amudaryo suvi 130 km balandlikka ko‘tarib beriladi. Shunday bo‘lsa-da, suvga bo‘lgan e’tiborsizlik natijasida kanallarni loyqa bosishi va filtaratsiyani ko‘payib ketishi yuzaga kelib, oltinga teng bo‘lgan suv ko‘p miqdorda yo‘qotilayotgandi. Hozir vaqtida buni oldi olinayotgani global isish va boshqa turli sabablar fonida katta ahamiyat kasb etmoqda. Prezidentimizning ushbu oqilona topshirig‘i ijrosini amalga oshirish maqsadida bugun Qarshi tumanida tuman hokimligi boshchiligida katta hashar o‘tkazilayotganligidan mamnunman. Kanallarimizda suv rejimi o‘zgarib ketgan, hashar yo‘llari bilan betonlashtirish ishlarini amalga oshirish judayam qulay, — deydi Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “Gidravlika va gidro inshootlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Istam Saidov.
Foto: Qarshi tumani hokimligi
Foto: Qarshi tumani hokimligi

Tuman hokimi Zoir Aliqulovning “Daryo” jurnalistiga ma’lumot berishicha, joriy yilda tumandagi 23,7 kilometr ariq va kanallarni betonlashtirish ishlari olib boriladi.

\
Foto: Qarshi tumani hokimligi
Foto: Qarshi tumani hokimligi
Yil davomida tumandagi 23,7 kilometr uzunlikdagi ariq va kanallarni betonlashtirish ishlari olib boriladi. Keyingi yillarda ham kanal va ariqlarni betonlashtirish ishlari jadal olib borilib, tumanimizda samarasiz isrof bo‘layotgan suvdan oqilona foydalanish evaziga 50 ming 400 gektar yer maydonlarida suv ta’minoti yaxshilanadi, — deydi tuman hokimi. 

Hokimlik mas’uli To‘lqin Turdiyevning qo‘shimcha qilishicha, mingga yaqin hasharchilar ishtirok etgan kanallarni betonlashtirish ishlarida tuman hokimi Zoir Aliqulov ishchilarga o‘rnak ko‘rsatib, kanal ham qazigan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »